Rossiyadagi futbol bo‘yicha Jahon Chempionatida Yaponiya terma jamoasining guruhdagi uch o‘yini natijalarini bashorat qilgan ulkan Rabo sakkizoyog‘i jamoaning Belgiya bilan o‘yinidan oldin o‘ldirildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Nashrga ko‘ra, sakkizoyoq bozorga olib ketilgan va xaridor uchun tayyorlab berilgan. Jonivor nima sababdan bunday “jazolangani”ga aniqlik kiritilmadi.
Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi yarim himoyachisi Adrian Rabo sharafiga atalgan sakkizoyoq Yaponiyaning Kolumbiya ustidan g‘alabasi, Senegal bilan durangi va Polshadan mag‘lubiyatini bashorat qilganidan so‘ng tanilgandi.
U Yaponiya — Belgiya o‘yini yakunini qanday bashorat qilgani ma’lum emas.
Izoh (0)