Tesla kompaniyasining bosh muhandisi Dag Fild besh yillik faoliyatidan keyin kompaniyani tark etdi. Bu haqda “RIA Novostti” xabar berdi.
Kompaniyaning bayonotida Dag Fild 2018-yil 27-iyunda besh yillik faoliyatdan so‘ng kompaniyani tark etgani aytiladi. Kompaniya Dagga uzoq yillik og‘ir mehnati va Tesla uchun amalga oshirgan barcha ishlari uchun minnatdorchilik bildirgan.
Avvalroq Fild may oyida ta’tilga ketgani haqida xabarlar tarqagan. Bunda Tesla vakili muhandisning kompaniyadan ketmaganini, shunchaki dam olishga va oilasi bilan vaqt o‘tkazishga hozirlanayotganini ma’lum qilgan.
Tesla hozircha Fildning kompaniyadan ketishi sababini izohlamagan.
Izoh (0)