Amerikaning Consumer Reports kompaniyasi alohida muammolarsiz 200 ming mil (321 ming kilometr) masofani bosib o‘ta oladigan avtomobil modellari ro‘yxatini tuzdi. “Fotoshedevri” ana shu ro‘yxatga e’tibor qaratdi.
Ro‘yxatni tuzish uchun Consumer Reports ekspertlari 200 ming milni bosib o‘tgan, biroq so‘nggi 12 oy ichida o‘z egasiga muammo keltirmagan “keksa” mashinalar egalari orasida so‘rov o‘tkazgan hamda “eng ishonchli o‘ntalik”ni tuzgan.
Ekspertlarning fikricha, agar quyidagi avtomobillarning egalari ularni o‘z vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazib borsa, mashinalar 300 ming kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tishi uchun hech qanday muammo bo‘lmaydi.
- Toyota Camry
- Honda Accord
- Toyota Prius
- Honda CR-V
- Toyota Sienna
- Honda Civic
- Toyota Corolla
- Toyota 4Runner
- Toyota Highlander
- Ford F-150
Izoh (0)