3-iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlari favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.
Suhbat davomida O‘zbekiston—AQSh munosabatlarining joriy masalalari, shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 15—17-may kunlari AQShga rasmiy tashrifi va oliy darajadagi muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi-nazaridan o‘zaro aloqalarni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama bo‘lajak tadbirlar muddatlari va kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.
Izoh (0)