Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Bojxona organlariga elektron bojxona yuk deklaratsiyalarini taqdim etish” xizmati paydo bo‘ldi.
Xizmat bojxona postida rasmiylashtirish uchun bojxona yuk deklaratsiyalarini yoki bojxona qiymatiga tuzatishlar kiritish shakllarini Yagona portal orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda elektron taqdim etishni ta’minlaydi.
Xizmatdan bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestatiga ega yuridik shaxslar foydalanishi mumkin.
Izoh (0)