• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Sarpomdagi narsalarni sotib kun ko‘ryapmiz”. “Bunyodkor” stadioni xodimlari 6 oydan beri maoshsiz ishlayapti

    Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 13-turidan o‘rin olgan “Paxtakor”— “Bunyodkor” uchrashuvidan so‘ng “qaldirg‘ochlar” ustozi Mirjalol Qosimov jamoasining mavsum avvalidan beri mukofot pullarini olmayotganini ta’kidlagan edi.

    Foto: “Mytashkent.uz”

    Foto: “Mytashkent.uz”

    Ma’lum bo‘lishicha, nafaqat klub, balki jamoaning “Bunyodkor”(endilikda “Milliy stadion”) stadioni atrofida ham muammolar borligi oydinlashdi. Mazkur holat Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti hamda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan bo‘lgan suhbat davomida ham muhokama etildi.

    Umid Ahmadjonov: So‘nggi 4-5 yil ichida klubda pul yo‘q, qiynalyapmiz degan rahbar bekorlarning beshtasini aytibdi

    “Stadionning 250 dan ziyod ishchi xodimlari yarim yildan buyon oylik-maosh olmaydi. Tasavvur qilyapsizmi, ularning ham oilasi bor, bola-chaqasi bor”,— deb ta’kidlagandi Ahmadjonov. Bu orada “Championat.asia” nashri ham stadion xodimlarining 6 oydan beri maosh olmayotgani haqida xabar berdi.

    Vaziyatga biroz bo‘lsa-da oydinlik kiritish maqsadida “Daryo” stadion ishchi-xodimlari bilan bog‘landi.

    Besh oy bo‘ldi, mana oltinchi oydirki, yanvar oyidan boshlab oylik maosh olganimiz yo‘q. Iyun bo‘lsa ham oylikdan darak yo‘q. Ko‘plab texnik xodimlar (asosan, ayollar, ayrimlari beva) uyidagi gilamlarini sotib tirikchilik qilmoqda. O‘zim turmushga chiqmaganman, sarpomdagi narsalarni sotib kun ko‘ryapmiz, otam yo‘q, onam esa kasal. Uyda boquvchiman, doriga esa pul yo‘q. Prokuraturaga yozdik, Devon (Prezident devoni)ga yozdik, foydasi bo‘lmayapti. Mehnat vazirligiga, Bosh vazir Aripovga ham yozdik, hech kim ko‘rib bermayapti. Hech kim oylik kechikayotganligini sababini aytgani yo‘q. 5 oydan “beri kutinglar, sabr qilinglar”, deyishadi. Bo‘ldi boshqa gap yo‘q. Uyat bo‘lsa ham aytaman, makulatura, “baklajka” yig‘ib yo‘lkira qilyapmiz. Ba’zi ayollarimiz esa “musorka”lardan “baklajka” yig‘ib topshirib yo‘lkira qilyapti. “Bunyodkor” stadionida 70 ga yaqin texnik xodimlar (ayollar, asosan farroshlik bilan shug‘ullanishadi) ishlaydi. “Bunyodkor” stadionida hech kim ofisdagilar ham buxgalterlar ham maosh olgani yo‘q.

    “Bunyodkor” stadioni xodimi

    O‘tgan yili (2017-yili) noyabr-dekabrdan boshlab maoshlarda uzilish boshlandi. Noyabr-dekabrning oyligini martda plastikka tashlab berishdi. Avval esa maoshimizni 60 foiz plastik kartochkada 40 foizni naqd olar edik. Avval ham uzilishlar bo‘lardi, faqat 1 yoki 1,5 oy. Hech ham bunday bo‘lib ketmagan edi. Oylik berishmasa ham har kuni 08:00 dan 17:00 ga qadar ishlayapmiz. O‘zimiz yo‘lkira qilib kelib ketyapmiz, qarz bo‘lib ketganmiz. Har kuni eshigimizni (komunnal to‘lovlar nazarda tutilmqoqda) taqillatib kelishadi. Oylik olmayapmiz desak, ishonishmayapti. Qanaqasiga “Bunyodkor”dagilar oylik olmaydi deb?! Hammaga beradi-ku, nega sizlarga bermaydi, deb umuman ishonmay qo‘yishdi. Suv-gazni o‘chirib ketishgan. Qarindoshlarnikiga borib cho‘milib kelamiz. Hali ham ro‘zg‘orga qarindoshlar sal yordam qilib turibdi. Qaysi ishxonada yarim yil oylik bermaydi?

    “Bunyodkor” stadioni xodimi

    Isitish tizimida 3-4 ta odam ishlayapti, agar ular ham ketsa, hamma dastgohlar “o‘ladi”. Hamma uskunalar chet elniki. Germaniya, Avstriyadan kelgan. 6-yildan beri hech qanday ta’mirlashsiz ishlayapti. Mabodo ular ham ketadigan bo‘lsa…

    “Bunyodkor” stadioni xodimi

    Ta’kidlash joiz, joriy yilning mart oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev “Futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekkan edi.

    Qaror 8-bandida shunday o‘rinlar bor:

    “Belgilab qo‘yilsinki:

    • “Bunyodkor” stadioni bino va inshootlarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi” MChJ “Bunyodkor” stadionining ishchi tashkiloti hisoblanadi;
    • moliyalashtirish manbalari “Bunyodkor” stadioni bino va inshootlaridan foydalanish bo‘yicha direksiya” MChJ (bundan buyon Direksiya deb yuritiladi), shuningdek, “Bunyodkor” stadionidan foydalanish va saqlash uchun sarflanadigan xarajatlari “O‘zbekneftgaz” AJ va Direksiya, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
    • “O‘zbekneftgaz” AJ bir oy muddat ichida “Bunyodkor” stadioni bino va inshootlardan foydalanish bo‘yicha Direksiya” MChJ ta’sis hujjatlariga Direksiya O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshida faoliyat ko‘rsatishini ko‘zda tutgan holda tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin”.
    Ko‘rinib turibdiki, Prezident qarorida “Bunyodkor” stadionini mablag‘ bilan ta’minlashi kerak bo‘lgan asosiy tashkilot “O‘zbekneftgaz” AJ ekanligi ko‘rsatilgan. Avvaldan “O‘zbekneftgaz” “Bunyodkor” klubi va stadionining bosh homiysi hisoblanadi. Shunday ekan, stadion ishchilarining yarim yildan beri maosh olmayotgani masalasiga tashkilot e’tibor qaratib, ijobiy hal etsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Zero, ular o‘zlarining 6 oylik halol ishlab topgan maoshlarini olishni istamoqda, xolos. Har holda har qanday davlat sharoitida 6 oy maoshsiz kun kechirishning o‘zi ayanchli holat hisoblanadi.

    Shuningdek, bu masalaga O‘zbekiston Kasaba uyushmalar federatsiyasi ham e’tibor berib, ishchilarning huquqlarini himoya qilish borasida amaliy ko‘rsatsa, nur ustiga nur bo‘lardi.

    02.07.2018, 20:24   Izoh (0)   56781
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    So‘rovnoma: Germaniyani uyiga ravona qilgan Meksika Neymarning Braziliyasini ham to‘xtata oladimi?

    02.07.2018, 16:35

    JCh—2018. Braziliya—Meksika, Belgiya—Yaponiya. Bugungi o‘yinlar anonsi

    02.07.2018, 02:54

    JCh—2018. Chorak finalning ilk juftliklari ma’lum: Urugvay—Fransiya, Rossiya—Xorvatiya

    02.07.2018, 02:38

    “O‘zgacha drama”. Xorvatiya Subashichning qahramonligi sabab Daniyani mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi

    02.07.2018, 02:10

    JCh—2018. Xorvatiya—Daniya 1:1. Matnli onlayn

    01.07.2018, 23:58

    Sensatsiya davom etadi. Rossiya Ispaniyani mag‘lub etib, 1/4 finalga chiqdi (video)

    01.07.2018, 21:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.