Iyulning ilk kunida futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionati nimchorak finali doirasida ikkita o‘yin ham yakuniga yetdi.
1-iyul sanasidan o‘rin olgan nimchorak finalning ikkinchi o‘yini guruh bosqichida 100 foizlik natija qayd etgan Xorvatiya hamda “C” guruhida Fransiya termasidan keyin ikkinchi bo‘lgan Daniya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. O‘yin o‘ta shiddatli ruhda boshlandi. Avvaliga Matias Yorgensen 2-daqiqadayoq hisobni ochib, Daniyani oldinga olib chiqdi. Biroq daniyaliklarning quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi. 4-daqiqada Mario Manjukich hisobni tenglashtirdi. Mazkur hisob o‘yinning qolgan daqiqalarida o‘zgarmadi. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham 1:1 hisobi saqlanib qoldi.
Penaltilar seriyasida esa Daniyel Subashichning qahramonligi sabab Xorvatiya 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi.
Jahon Chempionati
1/8 final bellashuvlari
1-iyul, yakshanba
Izoh (0)