Kecha, 30-iyun sanasida futbol bo‘yicha Rossiya maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionatining ilk chorak finalchilari ma’lum bo‘ldi. Messi boshliq Argentina nimchorak finalda Fransiyaga mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, Ronaldu va uning Portugaliyasi Urugvay to‘sig‘idan o‘ta olmadi.
Urugvay—Portugaliya uchrashuvining 72-daqiqasida urugvayliklar hujumchisi Edinson Kavani jarohat oldi. Portugaliya termasi sardori Krishtianu Ronaldu esa uning maydon chetiga chiqishida yordam ko‘rsatib, muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Izoh (0)