Davlat “O‘zavtosanoat”dagi o‘z ulushini oshirmoqda. Bu haqda, Korporativ axborot yagona portali ma’lumotlariga asoslanib, Spot xabar bermoqda.
Kompaniya rahbariyati har biri bir so‘mlik 529 milliard dona qo‘shimcha oddiy nomli aksiyalar chiqarish yo‘li bilan ustav jamg‘armasini oshirish haqida qaror qabul qilgan.
Aksiyalarning qo‘shimcha emissiyasi chiqarib, joylashtirilganidan so‘ng, ustav jamg‘armasi hajmi 1,4 trillion so‘mni tashkil etadi — bunda u har biri bir so‘mlik 1,4 trillion dona oddiy nomli aksiyalardan iborat bo‘ladi.
Qolgan 153 milliard so‘m esa “O‘zavtosanoat” ustav jamg‘armasini keyingi safar oshirish vaqtida ustav jamg‘armasini oshirish uchun yo‘naltiriladi.
Izoh (0)