Jurnalistlar muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar uchun reabilitatsiya markaziga tashrif buyurganligi haqidagi xabardan so‘ng Markazdagi odamlarga qanday yordam berishi mumkinligi haqidagi ko‘plab murojaatlarni qabul qildik, deb yozadi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot markazi.
Boshpana va yashash vositalariga ega bo‘lmagan kishilarni normal hayot tarziga qaytarish uchun haqiqatda har tomonlama yordam zarur. Bular ishga joylashishga ko‘maklashish, ma’naviy va ruhiy qo‘llab-quvvatlashdir. Markazda ommaviy-madaniy tadbirlar — konsertlar, adabiy kechalar, mini-spektakllar, shuningdek, psixologik treninglar o‘tkazishga tayyor tashabbuskorlar bo‘lsa, Toshkent shahri IIBB ularga ana shunday imkoniyatni taqdim etishdan xursand ekanligini ma’lum qiladi.
Reabilitatsiya markazi, shuningdek, bu yerdagi odamlar uchun yangi yoki kiyilgan, biroq yaxshi holatdagi erkaklar va ayollar kiyimlari, gigiyena vositalari (sovun, shampun, kir yuvish kukuni, tish pastasi, taroq, sochiq), uzoq vaqt saqlash mumkin bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari (krupalar, tuz, shakar, o‘simlik yog‘i va h.o.), hordiq chiqarishni tashkil etish uchun — stol o‘yinlari, kitoblar qabul qiladi.
Markaz manzili: Toshkent shahri, Yashnabod tumani, Chashma ko‘chasi, 3-uy.
Quyidagi raqamlar orqali murojaat qilish mumkin: 366-01-01; 290-04-75.
Izoh (0)