Mali qurolli kuchlari Fransiyaning “Barxan” bo‘linmasi bilan qo‘shma operatsiyada mamlakat shimolida 15 nafar terrorchini yo‘q qildi. Bu haqda 29-iyun kuni Parisien gazetasi xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Operatsiya 22-iyun kuni o‘tkazilgan. Mali askarlari otryadi “Barxan” bo‘linmasi bilan birgalikda Tumbukti shahri shimolidagi Inabelbel tumani o‘rmonli hududidan 20 ga yaqin radikalni siqib chiqarishga erishgan.
Operatsiya davomida terrorchilarning bir qismi yo‘q qilingan, qolganlari qo‘lga olingan. Bundan tashqari, katta miqdordagi jangovar texnika va qurol-yarog‘ musodara qilingan.
Izoh (0)