Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 29-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, biroq yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 20—22, kunduzi 35—37 daraja issiq bo‘ladi, deb yozmoqda O‘zA.
Respublika bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, biroq yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kechasi 19—24, kunduzi 34—39 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiyda kechasi 19—24, kunduzi 34—39 daraja issiq bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatida kechasi 19—24, kunduzi 34—39 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda kechasi 19—24, kunduzi 34—39 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘onada kechasi 17—22, kunduzi 32—37 daraja issiq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda kechasi 12—17, kunduzi 23—28 daraja issiq bo‘ladi.
Izoh (0)