• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    O‘FA ogohlantiradi: da’vo arizalari muddati qattiq nazorat qilinadi, sodir bo‘lganiga 2 yildan oshgan bahsli holatlar esa ko‘rib chiqilmaydi

    O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Professional futbol ligasiga bir qator futbolchi hamda murabbiylar tomonidan klublar ustidan shikoyat arizalari kelib tushmoqda. Endilikda Professional futbol ligasi biror klub yilni qarzdorlik bilan yopishiga yo‘l qo‘ymaydi, deb xabar beradi PFL matbuot xizmati.

    Foto: O‘FA

    Foto: O‘FA

    Ularning ishi O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilib, qarzdor klublarga jazolar belgilanmoqda va shu yo‘l orqali futbolchilar, murabbiylar haq-huquqlari himoya etilishi mustahkamlanmoqda.

    18-iyun kuni transfer oynasi ochilgan bo‘lsa, klublar bilan hamkorligini to‘xtatayotgan har qanday futbolchi va murabbiyga PFL Sport bo‘limi vakillari alohida murojaat qilyapti, ularning shikoyatlari bor yoki yo‘qligi masalasida suhbat olib bormoqda. Ya’ni, klubidan norizo bo‘lib ketayotgan futbolchi yoki murabbiylar bor bo‘lsa, o‘sha klubga o‘zining keyingi operatsiyalarini amalga oshirish uchun imkoniyat berilmayapti. Bu pozitsiyada endilikda qat’iy turilishi ta’kidlanadi xabarda.

    Da’vo muddati 2 yil

    Aynan 2018-yilgi yozgi transfer oynasidan boshlab PFL ham shikoyat arizalari tartibini barchaga eslatib o‘tishni lozim deb biladi. Reglamentning 24-bo‘lim 5-bandida har qanday shikoyat arizalari bo‘lib o‘tgan bahsli holatga 2 yil to‘lmagani holatidagina ko‘rib chiqilishi belgilab qo‘yilgan. Demak, klublar, futbolchilar, murabbiylar bahsli vaziyat yuzasidan shikoyat arizasini maksimum 2 yil ichida yozishi kerak bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, 2016-yilning iyun oyigacha bo‘lib o‘tgan ishlarni ko‘rib chiqish masalasini O‘FA hamda PFL o‘z bo‘yniga olmaydi.

    To‘g‘ri, O‘zbekiston Respublika Fuqarolik kodeksining 150-moddasida umumiy da’vo muddati 3 yil deb ko‘rsatib o‘tilgan. Biroq O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bu kabi masalalarni Xalqaro futbol uyushmasining talabi asosida ishlab chiqadi, ya’ni, FIFA nizomlariga bo‘ysunadi.

    FIFAning “Futbolchilarning o‘tishi va maqomi” to‘g‘risidagi reglamenti 25-bo‘lim 5-bandida shunday deb yozilgan: “Futbolchilar maqomi bo‘yicha qo‘mita, Bahsli vaziyatlarni (mojarolar) hal qilish bo‘yicha palata, shuningdek, Yakka tartibdagi sud hamda Mojarolarni hal qilish bo‘yicha palata sudi o‘z vakolatiga kiruvchi har qanday ishni u sodir bo‘lganiga ikki yil to‘lgach, ko‘rib chiqmaydi. Ikki yil muddatgacha berilgan da’vo arizalari esa individual tarzda o‘rganib chiqiladi”.

    Muammo o‘z vaqtida bartaraf etilishi shart

    Bungacha bo‘lgan holatda klublarning qarzdorligi bir necha yillardan buyon davom etib kelgani aniqlandi. Jumladan, Asror Aliqulov oldida “Sho‘rtan” 2012-yildan buyon qarzdor bo‘lib kelgan. Aliqulov o‘z jamoasi ustidan shikoyat yozishni istamagan, “Sho‘rtan” esa andishaning otini qo‘rqoq bo‘lib, o‘zi uchun yillar davomida mehnat qilgan futbolchining pullarini berishni paysalga solib kelavergan. Aslida PFL bunday ishlarni nazorat qilishi kerak edi.

    Shu bilan birgalikda, futbolchilar, murabbiylar va klublar ham o‘z haqini talab qilishni o‘rganishi kerak. Og‘zaki va’dalar, havodagi gaplar hamma joyda bor. Ularga ishonib, shartnomaga imzo chekishni oqlab bo‘lmaydi. 2019-yilgi mavsumdan boshlab PFL barcha uchun bir turdagi shartnomalarni joriy qiladi. Tomonlar shartnoma shartlarini o‘zaro kelishib olishi va unga qo‘shimcha bandlar kiritishi mumkin. Biroq undagi masalalar tartibli bo‘lishi shart. Yo‘qsa, o‘z ishini yaxshi bilmaydigan kishilar tomonidan shu qadar kulguli shartnomalar tuzilganki, ularning yechimini topish ham anchagina mushkul. Endilikda bu kabi ishlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

    Bundan-buyon 2018-yildan qarzdorligi qolib ketayotgan futbolchilar va murabbiylar, 2019-yilgi mavsum uchun imzo chekmaydi. Ko‘tarma pullar masalasi esa PFL tomonidan o‘rganib chiqilmoqda. Yaqin orada bunday pullar futbolchini yetishtirib bergan murabbiy hamda maktablar uchun sarf etilishi borasida qaror chiqishi katta ehtimol. Na futbolchi, na murabbiy va na biror-bir rahbar hali ko‘rsatilmagan natijasi uchun tayyor pul olmaydi. Oylik, mukofot pullari masalasida klublar va futbolchilar o‘zaro kelishib olishi mumkin. Zero yutuq uchun beriladigan mukofotni to‘g‘ri tushunsa bo‘ladi. Yil boshida yuz millionlab pulni o‘zlashtirib oladigan futbolchidan esa yana qandaydir motivatsiya kutish mantiqsiz. O‘z navbatida har qanday mukofotda ham me’yor bo‘lishi lozim. Klublar qachonki xususiy bo‘lsa, pulni o‘zi istaganicha sarf etaverishi mumkin. O‘FA va PFL o‘sha me’yorni ham ko‘rsatib beradi.

    Shikoyat qanday tartibda bo‘ladi?

    Futbolchilar, murabbiylar yoki klubning boshqa ishchi-xodimlari biror muammo yoki mojaro yuzasidan O‘FAning Futbolchilarning o‘tishi va maqomi bo‘yicha qo‘mitaga murojaat qilishi mumkin. Agar mavjud masala bo‘yicha chiqarilgan qarordan norozilik yuzaga kelsa, da’vogar O‘FAning Apellyatsiya qo‘mitasiga murojaat bilan chiqadi. Ish shu zaylda FIFAga qadar yetib borishi ham mumkin. O‘z navbatida FIFA ham bu kabi ishlar, albatta, Sport arbitraj sudlari orqali hal etilishini talab qiladi. Ya’ni, futbol ishiga boshqa organlar aralashmasligi uchun harakat qiladi.

    O‘FA O‘zbekiston ichki chempionatida yuz berayotgan muammolar FIFAga qadar yetib borishidan manfaatdor emas. Bu tashkilot imidjiga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Ma’lumki, bir qator klublar legionerlar bilan ishlash tartibini bilmagan va ish FIFAga qadar yetib borgan. Endilikda legioner futbolchilar bilan shartnoma tuzish tartibi masalasi ham o‘rganib chiqilmoqda. Ya’ni, klublar avval akademiyasini quradi, keyin maydonini tartibga keltiradi va undan keyingina legionerga bo‘yin cho‘zadi. O‘zining moliyaviy manbalari va normal infratuzilmasiga ega bo‘lmagan klubning quruq savlati mamlakat futbolini rivojlantirib qo‘ymaydi. Ayni vaqtda hukumat futbolni qo‘llayotganidan kelib chiqib, biz futbol akademiyalari va umuman infratuzilmani sifatli ko‘rinishga keltirib olishimiz shart. Xorijdan kelayotgan va aslida mahalliy futbolchilardan bir bosh ustun bo‘lmagan legioner uchun sarf etilayotgan pullar esa shunchaki havoga uchayotgandek taassurot uyg‘otmasligi shart.

    Futbolchilar, murabbiylar yoki klublar ichki ishlar organlari, sudlar yoki prokuraturaga murojaat qilgan taqdirida, O‘FA ortiq bu ish bilan shug‘ullanmaydi. Chunki yuqoridagi organlar maqomi jihatdan O‘FAdan yuqori turadi. Demak, ish mana shu organlarda ochilsa, faqatgina ularda yopiladi. Buni faoliyatini futbol bilan bog‘lagan har qanday shaxs bilishi shart.

    O‘z navbatida O‘FA ham o‘z vakolati doirasiga kirmaydigan ishlar masalasini aynan yuqoridagi organlar hukmiga havola etadi. “Iftixor” klubi futbolchilari bilan bo‘lgan masala bunga yorqin misol bo‘lishi mumkin, deyiladi xabarda.

    27.06.2018, 12:24   Izoh (0)   12551
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Pepsi Superliganing qoldiriligan 14-tur uchrashuvlari o‘tkaziladigan sanalar ma’lum bo‘ldi

    27.06.2018, 12:09

    Havas qilsa arziydi! Shaxmat bo‘yicha o‘zbekistonlik jajji Jahon chempionlari Toshkentda (foto) 

    27.06.2018, 11:51

    Serbiya—Braziliya o‘yinida Ravshan Ermatov emas, amerikalik Jair Marrufo 4-hakam sifatida ishlashi ma’lum bo‘ldi

    27.06.2018, 02:01

    JCh—2018. 1/8 finalning navbatdagi juftliklari ma’lum: Fransiya—Argentina, Xorvatiya—Daniya

    27.06.2018, 01:34

    JCh—2018. Messi va Argentina Nigeriyani mag‘lub etgan holda 1/8 finalga chiqdi, Xorvatiya esa Islandiyani ham yutdi (video)

    27.06.2018, 01:07

    JCh—2018. Nigeriya—Argentina 1:2. Matnli onlayn

    26.06.2018, 23:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda ayol plastik operatsiya uchun 2,4 mln dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 21 iyul, 00:10

    G‘azo talabalari urush boshlangandan buyon ilk bor imtihon topshiradi

    Dunyo | 20 iyul, 23:46

    Rossiya Shahed dronlarini ishlab chiqaradigan zavod namoyish qilindi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 23:30

    Eron Isroil hujumlarida shikastlangan havo mudofaa tizimlarini yangiladi

    Dunyo | 20 iyul, 23:05

    Ko‘kdaladagi portlash: voqea joyidan kechikkan reportaj

    O‘zbekiston | 20 iyul, 22:41

    Ilon Mask bolalar uchun Baby Grok ilovasini ishga tushiradi

    Dunyo | 20 iyul, 22:30

    Avtoritar tizim o‘zgarmaguncha Gruziya Yevropa Ittifoqiga qo‘shila olmaydi — YI parlamenti

    Dunyo | 20 iyul, 22:10

    Yaponiyada qutqaruv ishlari uchun 3 metrli robot yaratiladi

    Dunyo | 20 iyul, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.