Toshkent shahrida piyodani urib yuborib voqea joyidan qochib ketgan haydovchi qo‘lga olindi. Bu haqda IIBB axborot-multimedia markazi ma’lum qildi.
Ushbu yo‘l harakati hodisasi 17-iyun kuni soat 23:40 da Uchtepa tumanining Katta xirmontepa ko‘chasida yuz berdi. Oq rangli Spark rusumidagi avtomobil haydovchisi o‘zining aybi bilan yo‘lovchini urib yuboradi. Biroq, jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatish o‘rniga voqea joyidan yashirinadi.
Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida YTH sodir etganlikda gumon qilingan, 1992-yilda tug‘ilgan S.Sh. qo‘lga olindi. Uchtepa tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)