Isroil aviatsiyasi G‘azo sektorida falastinliklar chegaraning qarama-qarshi tomonida yong‘in keltirib chiqarishga urinib yonayotgan varraklarni uchirish uchun foydalangan infratuzilma obyektiga hujum qildi. Bu haqda armiya matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot kelib tushmadi.
“Isroil Mudofaa armiyasi uchar qurilmasi falastinliklar guruhi Isroil hududiga yonuvchan varraklarni uchirishga uringandan so‘ng G‘azo sektori janubidagi infratuzilmaga hujum qildi”, — deyiladi xabarda.
Yonuvchan va portlovchi moddalar bog‘langan havo sharlari va varraklar ko‘rinishidagi yangi tahdid ko‘p ming sonli falastinliklar norozilik namoyishlari boshlanishi bilan paydo bo‘ldi. Falastinliklarning bu moslamasi o‘zining oddiyligiga qaramasdan, katta ko‘lamdagi qishloq xo‘jalik va o‘rmon maydonlarida yong‘in yuzaga keltirib, million dollarlab zarar yetkazdi.
Izoh (0)