O‘zbekiston AQShning Gallup instituti tomonidan tuzilgan dunyo davlatlari xavfsizligi reytingida beshinchi o‘rinni egalladi.
Ro‘yxatdagi dastlabki o‘rinlarni tegishli ravishda Singapur, Norvegiya, Islandiya va Finlyandiya band etdi.
2017-yil ma’lumotlarini o‘zida jamlagan mazkur reytingda O‘zbekiston 100 dan 91 ball to‘pladi.
Ro‘yxatdagi oxirgi ikki o‘rinda Afg‘oniston (45 ball) va Venesuela (44 ball) qayd etildi. Ular xavfsizlikni ta’minlash nuqtai nazaridan eng zaif mamlakatlar deb topildi.
Ma’lumot uchun, Gallup institutining ushbu reytingi fuqarolarning kuch tizimlariga ishonchi, sodir etilgan jinoyatlar soni va salmog‘i kabi omillarga tayanib tuziladi
Izoh (0)