• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Dehqon va fermer dalasida ishlasinmi yoki haydovchilik malakasini oshirsin?

    O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Farrux Dadaxo‘jayev Facebook’dagi sahifasiga fermerlarga o‘z xo‘jaligida mashinalardan foydalanish uchun haydovchilik malakasini oshirish majburiyati yuklanishi bilan bog‘liq vaziyatni tanqid ostiga oldi. Postni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

    Foto: “Jizzax.uz”

    Foto: “Jizzax.uz”

    Bir masala ko‘p sonli fermerlarimizning boshini gangitib qo‘ymoqda.

    Gap shundaki, 2017-yil 4-sentabrda Vazirlar Mahkamasining “Innovatsion o‘qitish uslublarini joriy etish yo‘li bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 693-son qarori qabul qilingan edi. Ushbu qarorda 2018-yilning 1-yanvaridan yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar ikki yilda bir marta malaka oshirishga majburligi va ularga malaka oshirganligi to‘g‘risida “Avtotest Report” MChJning sertifikati topshirilishi belgilangan edi.

    Shundan so‘ng hukumatning mazkur qaroriga bir necha marta o‘zgarishlar kiritildi. Natijada yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan haydovchilarning malakasini oshirish faoliyati tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan 2018-yilning 1-avgustidan boshlab amalga oshirilishi belgilangan.

    Yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash, haydovchilarning bilimini oshirish va ularning yo‘l harakati qoidalariga rioya etish bo‘yicha mas’uliyati hamda javobgarligini oshirish maqsadida ularning malakasini oshirish katta ahamiyatga ega, albatta. Biroq masalaning yana bir jihati borki, u haqida jiddiy o‘ylab ko‘rish har tomonlama foydalidir.

    Bugungi kunda joylardagi o‘rganishlarda, internet tarmoqlarida, aholi bilan muloqotlar va ularning murojaatlarida yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan haydovchilarning malakasini oshirish borasida o‘rnatilgan tartibning ijrosi bilan bog‘liq qator muammolar ko‘tarilmoqda. Xususan, hozir yurtimizda ro‘yxatdan o‘tib faoliyat yuritayotgan 303 ming 300 ta yuridik shaxs va 152 ming 689 ta fermer xo‘jaligi mavjud bo‘lib, ulardagi avtotransport vositalarini haydovchi vazifasida ishlovchi shaxslardan tashqari rahbarlari yoki xodimlari tomonidan ham haydovchilik guvohnomasi va ishonchnoma asosida boshqarilishi, avtotransportlardan tijorat, shu jumladan, yo‘lovchi va yuklarni tashish maqsadida foydalanilmasligi inobatga olinmagan.

    Yoki yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar ikki yilda bir marta malaka oshirishga majburligi belgilangan bo‘lib, yo‘l harakati qoidalarini tez va muntazam o‘zgarmasligini inobatga olganda, malaka oshirish uchun qisqa muddat, ya’ni ikki yil belgilangan.

    Yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan haydovchilarning malakasini oshirish tizimini tanqidiy o‘rganib, yanada takomillashtirish, shu jumladan, avtotransport vositasidan tijorat maqsadida foydalanmaydigan va haydovchi vazifasida ishlamaydigan xodimlarning malakasini oshirish masalasini qayta ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiq.

    Sababi, fermerlarimiz dalasida ayni ish qizigan bir mahalda, yig‘im-terim chog‘larida malaka oshiraman deb boy bergan bir soati ham hosilni yetishtirishda bir necha kunga kechikish, kutilgan hosilni ololmaslik kabi muammolarni keltirib chiqaradi.

    Fermer — haydovchi bo‘lmasa, mashinadan esa o‘z xo‘jaligida foydalansa, u nega malaka oshirishi kerak? Dehqon va fermer dalasida ishlasinmi yoki malaka oshirsin? Bu masala nega e’tiborga olinmagan?

    Bizningcha, o‘rmonga o‘t qo‘yib, ho‘l-u quruqning birday yonib, kul bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak...

    18.06.2018, 10:07   Izoh (0)   38329
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Xalqlar do‘stligi” saroyida marhum san’atkorlar, adiblar va suxandonlar yodga olindi

    18.06.2018, 08:56

    Toshkent shahrida “Ezidyor” to‘yxonasini buzish ishlari boshlandi (video)

    18.06.2018, 07:47

    Samarqanddagi xususiy tug‘uruqxonada chaqaloqlar savdosi bilan shug‘ullanib kelingan. Sotilmay qolganlari esa yoqib yuborilgan

    18.06.2018, 07:22

    Angrenda o‘ziga tegishli bo‘lmagan plastik kartadan 20 mln so‘m yechib olgan shaxs qidirilmoqda

    17.06.2018, 22:36

    Sayg‘oqlarni saqlab qolishda Tojikiston va Qirg‘iziston tajribasi qo‘l keladimi?

    17.06.2018, 22:21

    Xorazmda isiriqni giyohvandlik vositasi sifatida pullayotgan shaxs qo‘lga olindi

    17.06.2018, 22:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt tahdid yoki moliyaviy rag‘batdan keyin batafsilroq javob berishi aniqlandi

    Dunyo | 7 avgust, 00:15

    Iyunda O‘zbekiston dunyo bo‘yicha eng ko‘p oltin xarid qildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 23:59

    Efiopiyada birinchi marta odam savdogarlari o‘lim jazosiga hukm qilindi

    Dunyo | 6 avgust, 23:55

    Superliga. 6 ta gol kiritilgan bahsda “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Mash’al”ni mag‘lub etdi

    Sport | 6 avgust, 23:51

    Xitoyda komadagi qiz universitetga qabul qilinganligi haqidagi xabarni eshitgach, o‘ziga keldi

    Dunyo | 6 avgust, 23:41

    Zelenskiy Tramp bilan tinchlik istiqbollarini muhokama qildi

    Dunyo | 6 avgust, 23:27

    Isroil bosh vaziri G‘azo sektoridagi operatsiya tufayli Bosh shtab rahbari bilan kelishmovchilikka bordi

    Dunyo | 6 avgust, 23:20

    Dunyo bo‘ylab plyajlar yo‘qolib ketish xavfi ostida — FT

    Dunyo | 6 avgust, 23:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.