AQSh va xalqaro antiterror koalitsiyasi aviatsiyasi Suriyaning Dayr-az-Zor viloyati Abu Kamol shahriga hujum qilmagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligi matbuot xizmati xodimi, dengiz qo‘shinlari mayori Adrian-Renkin-Gelloueyning 17-iyun yakshanba kuni bergan ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
“Biz Abu Kamolda havo hujumini amalga oshirmadik”, — deya mayor Adrian-Renkin-Gellouey vaziyatga oydinlik kiritgan.
Suriyaning SANA axborot agentligi Abu Kamol shahridan janubi-sharqda joylashgan qo‘shinlarga koalitsiya harbiy-havo kuchlari hujum qilganini xabar qilgan. Agentlik ma’lumotlariga qaraganda, hujum oqibatda halok bo‘lgan va jabr ko‘rganlar bor.
2018-yilning boshidan AQSh va uning ittifoqchilari amalga oshirgan havo hujumlari oqibatida Dayr-az-Zor, Xaseke va Rakka viloyatlarida o‘nlab suriyaliklar halok bo‘lgan va yaralangan. Suriya hukumati bir necha bor koalitsiyaning havodan hujumlarini to‘xtatishini talab qilib BMT xavfsizlik kengashiga murojaat qilgan.
Izoh (0)