13-iyun kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida yashovchi L.M. ismli ayol mast holda uyida rasmiy nikohsiz turmush o‘rtog‘i R.S. bilan mojaroga bordi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ayol o‘zaro janjal oqibatida turmush o‘rtog‘ining boshiga temir quvuri bilan urib, jarohat yetkazdi.
Hodisa tufayli R.S. voqea joyida halok bo‘ldi. L.M. qo‘lga olindi.
Izoh (0)