O‘zbekistonda oynalari qoraytirilgan (tonirovka qilingan) avtomobillardan pullik asosda foydalanishga ruxsat berish taklif etilmoqda. Bu haqda tegishli qaror loyihasiga tayanib, “Repost.uz” ma’lum qildi.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, orqa tomondagi oynani 3,44 million, orqa va ikki yon oynani 6,9 million so‘mga qoraytirish mumkin bo‘ladi. Xorijliklar buning uchun 15 dollar to‘laydi. Loyihada oldi tomondagi oynalar tonirovkasi ko‘zda tutilmagan.
Bundan kelib tushadigan mablag‘ning 90 foizi mahalliy budjetga yo‘naltiriladi va ular “Obod mahalla” dasturi hamda boshqa ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun sarflanadi.
Qaror loyihasi Oliy Majlis qonunchilik loyihalari qo‘mitasi va Qonunchilik muammolarini o‘rganish institutida ko‘rib chiqilayotgani bildirilmoqda.
Izoh (0)