Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti munosabati bilan qator xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlarini tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Jumladan, Afg‘oniston, Bangladesh, Birlashgan Arab Amirliklari, Indoneziya, Iordaniya, Kuvayt, Malayziya, Misr, Ozarbayjon, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Singapur, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Eron, Ummon, Qatar, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlarini qutladi.
Islom hamkorlik tashkiloti, Islom taraqiyot banki, Shanxay hamkorlik tashkiloti, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissariyati, Kavkaz musulmonlari idorasi kabi xalqaro tashkilotlar rahbarlariga tabriknomalar yo‘lladi.
Izoh (0)