• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yuridik fanlari doktori Lola Karimova Telman Gdlyanning adolatsizligi haqida gapirdi

    O‘zA Milliy axborot agentligi Adliya vazirligi Yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra mudiri, yuridik fanlari doktori Lola Karimova bilan intervyu uyushtirdi. U T.Gdlyanning o‘zi va yaqinlariga nisbatan zug‘um va adolatsizligi haqida gapirib berdi. Intervyuni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    So‘nggi paytlarda OAVda, jumladan, internet saytlarida sobiq sho‘ro davrida O‘zbekiston xalqiga nisbatan qatag‘on olib borgan “desantchilar” sardori – Telman Xorenovich Gdlyanning 1983—1989-yillarda respublikamizdagi faoliyati davomidagi mudhish qatag‘on jarayoniga baho berib, uni kerak bo‘lsa, Gaaga xalqaro sudiga berish va qat’iy jazolash masalasi keng muhokama qilinmoqda.Adliya vazirligi Yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra mudiri, yuridik fanlari doktori Lola Karimova T.Gdlyanning o‘zi va yaqinlariga nisbatan zug‘um va adolatsizligi haqida gapirib berdi.

    –Xotiramda o‘sha dog‘uli kunlar dahshatli muhrlanib qolgan. Men, ota-onam, oilam a’zolari va qarindosh-urug‘lar, quda-andalar, jami 45 yaqinlarimiz bu jarayonning bevosita ishtirokchisiga aylanganmiz va qattiq jabrini tortganmiz. OAVda Gdlyanga nisbatan qo‘llanilayotgan fikrga mening o‘z qarashim bor. Uni shunchaki jinoyatchi, deb emas, balki millatga qarshi qirg‘in uyushtirgan g‘addor, qo‘li qonga botgan ashaddiy qotil, deb baholasak bo‘ladi. Chunki u xalqimiz va millatimizning eng sara namoyondalarini badnom qilish, ruhiy va jismoniy tahqirlash, ularni uzoq muddatga qamab yuborish, og‘ir azob-uqubatlarga duchor qilish va qiynab o‘ldirish kabi jinoyatlarga qo‘l urdi.
    – Lola opa, Gdlyan bilan yaqindan suhbatlashganmisiz? Undan qanday jabr chekdingiz?
    – Otam Abduvohid Karimov 1974—1984-yillarda Surxondaryo va Buxoro viloyatlari partiya qo‘mitasi birinchi kotibi bo‘lgan, 1984-yildan O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimida ishladilar.1984-yil 11-avgustda Qashqadaryodagi xizmat safari chog‘ida tunda Qarshi shahridagi viloyat suv xo‘jaligi boshqarmasining mehmonxonasidan Gdlyan tergov guruhi tomonidan ushlab ketilgan. Eng dahshati, bu haqda oila a’zolariga, rahbariyatga, biror-bir kishiga 3 oy davomida xabar berilmagan. Men o‘sha paytda Toshkent davlat universitetining yuridik fakultetini bitirib, ilmiy ish qilish maqsadida Fanlar akademiyasining Falsafa va huquq institutiga yo‘llanma olgan edim. Hali ishga kirib ulgurmagan davrim...9 nafar farzand (ularning 5 tasi voyaga yetmagan edi), o‘z oilasi bilan yashayotgan opalarim va akamning uylariga shu kuni qo‘qqisdan 45 kishilik Gdlyan katta guruhi a’zolari kelib, tintuvni boshlab yuboradi. Men va onam (Mehriniso Karimova) otam bilan birga Qashqadaryoda edik. Toshkentda buvim va kichkina bolalar qolgan edi. Biz Toshkentga qaytganimizda uyimizdagi barcha hujjatlar, ashyolar, kiyim-kechaklar, oilaga aloqador buyumlar olib ketilgan va katta oilaning kun kechirishi uchun hech narsa qoldirilmagan edi. Bizni otamning kutilmaganda yo‘qolib qolgani ko‘proq tashvishga solar edi.Men hozirgi Davlat xavfsizlik xizmatining biz tanigan, xizmatda mas’ul lavozimda ishlagan Ochil Murtazoyevning uyiga bordim. Qizini chaqirib, otam haqidagi ma’lumotni otasidan bilib berishini iltimos qildim. Lekin bu masala ularga tegishli emasligini, ehtimol otamni tergov guruhi olib ketgan bo‘lsa kerak, degan taxminni aytdi. Oradan bir oy o‘tdi. Lekin hech qayerdan xabar bo‘lmadi, mijja qoqmadik, otamizning tirikligi yoki ahvoli qanday ekani haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligimiz bizni qattiq iztirobga solar edi. O‘zbekiston prokuraturasiga borganimda, ostonasiga ham yaqinlashtirishmadi va qo‘riqchilar orqali hech narsa bilmasligini, faqat Moskvaga borib masalani hal qilish mumkinligini yetkazishdi.Onam o‘qituvchi edi. 7 nafar jon onamning maoshiga qarab qoldik. 112 rubl qarz ko‘tarib, sentabr oyi oxirida Moskvaga, sobiq SSSR Bosh prokuraturasi tergov bo‘limi qabulxonasiga bordim. Gdlyan meni qabul qilishini so‘radim. Ikki soatlardan keyin qabulga rozilik bildirdi va xonasiga kiritdi.Tergovchi shinam, barcha sharoitlar muhayyo, devorlari yog‘ochdan ishlangan keng xonada sigaret buruqsitib o‘tirar, juda darg‘azab edi. Kirishim bilan piching qilib: “Hali senmisan, Abduvohid Karimovichning yurist qizi? Nima maqsadda kelding?” dedi. Otamni izlab kelganimni, unga qanday ayb qo‘yilayotganini, sog‘lig‘i, yeyish-ichishi qanday ekanidan tashvishdaligimizni aytdim.U istehzoli kulib, mag‘rurona dona-dona qilib gapirdi:– Otang shu yerda. Ko‘rsatma berayapti. SSSR KGBsining Lefortova tergov izolyatorida. Biz juda katta ishni boshlab qo‘ydik. Senlar – barchang jinoyatchisan, hammasini tekshiramiz, bu hali “O‘zbeklar ishi”ga aylanadi. Bu masalada butun O‘zbekistonni jinoyatga tortsa bo‘ladi. Sen bilan gaplashib o‘tirishga ortiqcha vaqtim yo‘q. Senga boshqa hech narsa demayman.– Otamga Toshkentdan kiyim-kechak, biroz oziq-ovqat olib kelgan edim, shuni ham bera olmaymanmi? – deb so‘radim.– Yo‘q, bunga ruxsat bermayman, – dedi.– Biz advokat olishimiz kerakmi?– Yo‘q. Hech qanaqa advokat kerak emas. Bizning ishimizga hech kim aralashmasligi kerak. Bunga yo‘l qo‘ymaymiz. Sen hali buni ham bilasanmi? – deb ma’noli kuldi va mendan xonani bo‘shatishni talab qildi.– Advokat ishtirokisiz tergov jarayoni qonunga zid emasmi?– Shubhasiz, zid. Bir tomondan ko‘nglim ozgina tinchidi. Chunki ikki oydan oshiqroq vaqt davomida bizni qiynagan savolga nihoyat javob topgan edik. Demak, otamning tirik ekanini bildik. U paytda siyosatga va adolatga ishonchimiz yuqori edi. Adolat baribir qaror topadi, deb qattiq ishonardik. Keyin Toshkentga qaytdim. 1984-yil oktabrda Moskva tergov bo‘limidan Ivanov (Gdlyanning sherigi) uyga telefon qildi. “Moskva juda sovuq, qor tushdi, otangizga kiyim olib kelinglar”, deb go‘shakni qo‘yib qo‘ydi.Mantiqsizlikni qarang. Million-million tonna paxta yetishtirgan o‘zbek xalqining o‘zi kiyimga zor edi. Bechora otam o‘sha yozda ustiga kiyib chiqqan yengil libos bilan Moskvaning sovuq iqlimi, zax va sovuq hibsxonaning qo‘rqinchli kamerasida azob chekardi. Bilet olishimiz qiyin kechdi. Imkonimiz yo‘q edi. Mening ishga kirishim esa otamning vaziyati tufayli kechiktirilayotgan edi.– Tergov qancha davom etdi? Moskvada bo‘ldimi?– 1984-yili boshlangan tergov ishi 1987-yilda sobiq SSSR Oliy sudiga oshirilib, otamga o‘lim hukmini e’lon qilish bilan yakunlandi. Bir ish bo‘yicha tergov 4 yil ham bo‘lishi mumkinmi? Prokuratura ko‘rgan ishlar bo‘yicha oqlov hukmi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas edi.Guvohlar haddan ortiq ko‘pligi sababli sudning bir qismi O‘zbekiston Oliy sudi binosida 7 kun, qolgan qismi Buxoroda 3 kun kechdi. Otamning atrofidagi juda ko‘plab odamlar – xo‘jalik, partiya rahbarlari sudga tortildi. “Delo” sun’iy ko‘pirtirilib, otamni, o‘nlab tuman, shahar, viloyat rahbarlaridan haqiqiy xalq jinoyatchilari yasashga urinishlar respublika bo‘ylab ommaviy tus oldi.Gdlyan hozir ham matbuotda o‘zbek xalqi bilan hech qanday ishi bo‘lmagani, faqat jinoyatchilarga qarshi kurashgani haqida og‘zini ko‘pirtirib gapirganiga ishonmang.1984-yil 11-noyabrda tergovchilar Toshkentdagi uyimizdan meni, Toshkent shahridagi 84-umumta’lim maktabidan onamni, akamni ham ish joyidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Gdlyan uchun ajratilgan alohida hibsxonasiga olib borishdi. Qo‘limizni qayirib, huddi katta jinoyatchini tutganday ikkitadan soqchi hamrohligida bordik.Bizni “Qashqirlar” guruhining yana bir tergovchisi Kartyashyan ismli shaxs alohida xonada tergov qildi. Tergov 3 kun, ertalabdan yarim tungacha davom etdi. Do‘q-po‘pisalar, haqoratlar eshitdik, akamni rosa do‘pposladi, onamni qiynashdi. Asta-sekin zulm saltanatining adolat va ishonch haqidagi barcha fikrlari quruq safsata ekaniga iqror bo‘la boshladim. Barchasi o‘ta jiddiylashayotgan va tuynuk adog‘ida nur yo‘q edi.– Sizlarga qanday ayb qo‘yishdi?– Gdlyan bu vaqtda Toshkentda edi. U barcha jarayonlarni yakkahokimlik bilan boshqarardi. Ustimizdan jinoyat ishi qo‘zg‘ashdi. Otangning jinoyatini yashirgansanlar, kirdikorlarini bilaturib, tegishli organlarga aytmagansanlar, senlarni Sibirga jo‘natib, yo‘q qilib yuboraman, deb qo‘rqitar edi.Uch kundan keyin uchovimizga ham jinoyatlarni yashirishda gumon qilinayotgan shaxslar sifatida hibsda ushlash to‘g‘risida Gdlyanning qarorini ko‘rsatishdi. Shu tariqa bizga ayblov e’lon qilindi. 14-noyabr kunduzi qo‘limizga kishan solishib, meni, onam va akamni konvoyga solib, noma’lum tomonga olib ketishdi. Mashina ichi juda qorong‘i va qayerga ketayotganimizni bilmas edik. Aeroportga olib borishdi. Mashinada trapgacha bordik. Yonimda ikkita tergovchi va qo‘riqchi bor edi, qo‘lim kishanlangan...Samolyotga olib chiqishdi. Uzoqdan onamni ko‘rib, shu samolyotda olib ketishayotganini sezib qoldim. Samolyot 1,5 soatcha uchdi. Dushanbega kelganimizni uchuvchi e’lonidan keyin bildim. Yana maxsus yopiq va ichi qorong‘u mashinaga solishdi va bir binoga oborishdi.Keyin bilishimcha, bu Tojikiston KGBsining tergov izolyatori ekan. Har kuni tergovga chaqirishadi. Avvaliga Rafail Tuktarov, keyin Shirin Shirinov tergovni olib bordi. Akam va onam ham bu yerda ekanligi tergov vaqtida gapirgan ovozidan ahyon-ahyonda eshitib, yuragim his qilardi.Tergov g‘ayriinsoniy edi. Chunki bizni olib ketishgani haqida ham oilamizga, umuman, hech kimga xabar berilmadi. Buvim Fayziniso aya yig‘layverib, ko‘zi ko‘rmay qolgan. Men olti oy asossiz yotgan bo‘lsam, akam va onam to‘qqiz oyga yaqin hech qanday dalil-isbotsiz azob chekishdi.Meni 1985-yil 24-aprelda chetga chiqmaslik sharti bilan ozod qilishdi. Tilxat yozdirib olishdi. Tanish-bilishlardan boylik undirib kelish vazifasi zimmamga yuklatildi.Chiqib, bildim. Qamalmagan ikkita opam – Gulsara va Gulnorani mol-mulk, pul yig‘ish uchun biz bilgan va bilmagan har qanday odamning uyiga birma-bir kirib, pul, mol-mulk topishga majbur qilishgan ekan. Pochchalarimni ham rosa do‘pposlab, azoblashgan. Qarindoshimiz, taniqli O‘zbekiston xalq hofizi O‘lmas Saidjonov, xalq kuloli Fayzulla Abdullayev ham bu “o‘lim tegirmoni”ga tushib chiqishgan edi.Bu davrda aybsizlik prezumpsiyasiga zid ravishda nafaqat mening otam, respublikadagi boshqa viloyat kotiblarini matbuotda ayblab, ketma-ket jinoyatchilar, poraxo‘rlar, aybdorlar, deb markaziy matbuotda maqolalar bosila boshlandi.Qashqadaryo viloyat obkom sekretari Ro‘zmat G‘oipov o‘zini o‘zi o‘ldirdi. Jizzat viloyati rahbari Shagazatov, Toshkent viloyati obkomi Mirzamahmud Musaxonov, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning qator rahbarlari ustidan jinoyat ishlari ochildi. Ular ro‘yxatini istagancha davom ettirish mumkin. Mamlakat yetakchilari Gdlyan guruhiga qarshi hech ish qilolmas, ovoz ko‘tarsa yoki huquqini talab qilsa, uning ustida o‘sha kuniyoq jinoyat ishi ochilardi. Qattol Gdlyan kelgusida jamoat arbobi, ya’ni deputat, o‘sha paytdagi Bosh prokuraturaning yuqori amaldori, siyosiy arbob, qo‘ying-chi, daho bo‘lishni istardi. U bu maqsadiga erishdi ham. Sobiq SSSR Oliy Kengashiga deputat bo‘ldi va bu bilan o‘zining jinoyatlariga qarshi ish ochilganda deputatlik immunitetidan juda unumli foydalandi.– Uning maqsadi faqat shu bilan cheklanarmidi?– Yo‘q. U xalqni talagani hisobiga boyib ketdi. Tergovga tortilgan shaxslardan olingan mol-mulklar va ashyolar qonunga mos tarzda ro‘yxatga olinmagan, aksariyat qismi yo‘q qilib yuborilgan, Gdlyan ularni o‘zlashtirganiga sira shubham yo‘q. U shu tariqa mislsiz boylikka ega bo‘ldi.
    – Otangiz taqdiri keyin qanday kechdi, hukm ijrosi qachon amalga oshirildi?– 1987-yil 29-mayda sobiq SSSR Oliy sudi dadamga o‘lim hukmini o‘qidi. Otam bir yarim yil davomida Moskvadagi o‘lim kamerasida afv etishlarini so‘rab yozgan iltimosnomasi javobini intiq bo‘lib kutar edi. Bu orada insultni boshdan o‘tkazdi. Hukm atayin juma kuni (haftaning oxirgi ish kuni) kechki soat 17:30 da o‘qilib, bizga arz qilish uchun imkoniyat qoldirilmagan edi. Butun sud jarayonida doimiy ravishda Gdlyan guruhining tergovchilari har bir guvohlar, ayblanayotganlarga ko‘rsatmasini o‘zgartirmaslik, aks holda ularni qamash, hibsdagilarni esa og‘irroq moddalar bilan javobgar qilishini eslatib, kuch va bosimda sud jarayoniga to‘liq aralashdilar.Otam o‘limga mahkum qilingan kunning ertasiga men, onam va akam vidolashuvga kirdik. Shunda otam bizni “Farzandlarim, shuni doim esda tutinglar, men jinoyatchi emasman, sizlar boshlaringni baland ko‘tarib yuringlar. Men butun umr xalqimizga halol xizmat qildim, sizlar uyaladigan ish qilganim yo‘q. Hali bu ishlar ochiladi, adolat egilsayam sinmaydi, agar meni eslamoqchi bo‘lsanglar, men qurgan kanallar, obod qilgan shahar-qishloqlarga, yangi ochgan yerlarga borib turinglar, shunda mening ruhim shod bo‘ladi” dedilar.O‘lim jazosi 1988-yil oxirida SSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi Andrey Gromiko tomonidan 20 yillik qamoq jazosiga almashtirildi. Chunki onam necha kunlab navbat kutib, shaxsan bu rahbar bilan uchrashib, vaziyatni to‘liq tushuntirgan edilar. To‘qqizta bola yetim qolishini, katta oila ekanligimizni, o‘zlari esa bir umr o‘qituvchilik qilib, halol mehnat bilan pul topayotganliklarini ko‘z yoshi bilan aytib bergach, Gromiko tushungan edi.Jazoni o‘tash uchun otamni Sibir taygasidagi Stalin davrida qurilgan eng qattiq rejimdagi Sverdlovskning Ivdel qishlog‘idagi qamoqxonaga yuborishdi. Bu orada SSSR tarqab, O‘zbekiston mustaqil bo‘lgan edi. Otam masalasida biz O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovga murojaat qildik. Prezident dadamning ishini O‘zbekiston Oliy sudida qayta ko‘rib chiqish uchun ko‘rsatma berdilar.Ming afsuski, o‘zbekistonlik huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari otamni olib kelishga ulgurmadi, 1992-yil 21-yanvarda otamning yurak xurujidan vafot etgani haqidagi xabar yetib keldi. Bizning qat’iy ishonchimizga ko‘ra, dadam ishlari qayta ko‘riladigan bo‘lsa, albatta, Gdlyan va uning jinoyatchi guruhi fosh qilingan bo‘lar edi. Chunki adolatsiz tergovga tortilganlar orasida sobiq viloyat rahbarlari juda kam qolgan edi.Shu sababli bu qotillikda aynan Gdlyanning qo‘li bor, deb o‘ylayman. Chunki otamni olib kelib, yurtimizda ko‘mganda u kishida zaharlanish alomatlari borligini shifokorlar tasdiqlashdi.– Demak, siz jabrdiyda sifatida Gdlyanning qamalishi kerak, deb hisoblaysizmi?– Shubhasiz. Chunki ularning faoliyatiga o‘z vaqtida, aniqrog‘i, 1990-yilda sobiq SSSR Bosh prokuraturasi ham huquqiy baho bergan. Sobiq Ittifoq Oliy kengashi bu masalalar yuzasidan katta tarkibdagi maxsus komissiya tuzib, O‘zbekistonga o‘rganish uchun yuborgan edi. Komissiya gdlyanchilar tergov guruhining noqonuniy harakatlarini yuzlab, minglab faktlar, hujjatlar, guvohlar (biz ham ishtirok etganmiz) yordamida o‘rganib chiqqan va ular ishini jinoyatkorona faoliyat, deb baholagan edi.Sobiq SSSR Bosh prokuraturasining 1990-yil 8-fevraldagi hay’at yig‘ilishida o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchilar T.X.Gdlyan va N.V.Ivanov tomonidan qonunchilik qo‘pol ravishda buzilgani masalasi ko‘rib chiqildi. Boshqarma prokurori V.Ilyuxin sakkiz oy davomida bu guruhning ishlarini chuqur o‘rganib, ularning, nazoratchi prokurorlar, boshqa xodimlarning o‘zboshimchalik, qonunbuzarlik, inson qadriyatlari poymol qilinishi holatlari ochilib, surishtiruv davrida isbotini topganini ta’kidlagan. Hay’at sobiq SSSR Oliy Soveti, SSSR xalq deputatlari bo‘lmish T.Gdlyan va N.Ivanovni egallab turgan mansablaridan bo‘shatilishini va qonunga muvofiq javobgarlikka tortishga ruxsat olish taqdimnomasini kiritishga qaror qilgan edi.Xo‘sh, nega hanuzgacha javobgarlikka tortish masalasi ochiq qoldi?. Nega bu qaror haligacha ijro qilinmayapti? Sobiq SSSRning merosxo‘ri sifatida aynan Rossiya Bosh prokuraturasi bu ishni ko‘rib chiqishi kerak emasmi? Yoki tegishliligiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga o‘tkazishi kerak.– Oradan o‘ttiz yil o‘tdi, jazo tayinlash uchun huquqiy muddatlar o‘tib ketmadimi?
    – Tergov ishining noqonuniy olib borilganligi ustidan muddat o‘tib ketganligi vaji oqlanmaydi. Ikkinchidan, bunday harakatlar insoniylikka zid, qadr-qimmatni kamsituvchi jinoyatlardir va ayni paytda qiynoqlarning ommaviy tusda qo‘llanishi holatiga muddatlar amal qilmaydi. Buni millatning eng ziyoli qatlamini ongli va maqsadli tarzda qirib yuborishga urinish, deb baholasak xato bo‘lmaydi.
    – Buning qanday samarali choralari haqida ayta olasiz?
    – Avvalo, bu vallomatlarni “Vikipediya” ma’murlari bilan muloqotga kirishib, biografiyalarini haqiqiy qilib yozish zarur. Go‘yoki ular jamoat va davlat arbobi sifatida naqd qahramonga aylantirib yozilgan. Bunga toqat qilib bo‘lmaydi. “SSSR Bosh prokuraturasi tergov guruhi tarkibida O‘zbekiston oliy hokimiyatidagi korrupsiyaga qarshi ish olib borgan”, degan uydirma talqinlarga qo‘shilmayman. Telman Xorenovich Gdlyan hozir 78 yoshda, keksaligini hisobga olib, agar insofi bo‘lsa, xalqimizdan kechirim so‘rashi lozim.Albatta, u bunday qilmaydi. U hozir Moskvada yashayapti. Petitsiya to‘plab, ommaviy axborot vositalarida milliy kampaniya tashkil qilishni yo‘lga qo‘ysak ham bo‘ladi. Oxirgi oylardagi internetdagi chiqishlaridan shundoq ham qattiq asabiylashayotgani sezilayapti. Agar qo‘li qonga botmaganida bunday qaltiroq tutmagan bo‘lar edi.Bu jarayonlar shuning uchun ham kerakki, toki ozod o‘zbek millatini boshqa hech kim tahqirlab, toptamasin. Agar bunga jazm qilgan nomardlar bo‘lsa, jazosi muqarrar ekanligini chuqur tushunib yetishi kerak. Toki biz bu o‘tmishning tirik guvohlari ekanmiz, bunga yo‘l qo‘ya olmaymiz va bu saboqdan to‘g‘ri xulosa chiqarishimiz lozim.

    15.06.2018, 11:32   Izoh (0)   77054
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Alisher Usmonov muvaffaqiyatining siri nimada?

    15.06.2018, 09:49

    15-iyun kuni Toshkent aeroportida yangi terminal foydalanishga topshiriladi

    15.06.2018, 09:30

    O‘zbekistonda maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallar berish an’anasi tiklanadi. Ularni olganlar oliy o‘quv yurtlariga kirishda imtiyozga ega bo‘ladi

    15.06.2018, 09:10

    Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyev haqida: aqlli, iste’dodli odam va mening do‘stim

    15.06.2018, 08:53

    O‘zbekistonda maktab o‘qituvchilarining maoshi oshiriladi va imtiyozli ipoteka kreditlari beriladi

    15.06.2018, 08:32

    Buxoroda 16 yillik qamoq jazosini o‘tab qaytgan shaxs tog‘asiga bolta va pichoq bilan hamla qildi

    15.06.2018, 08:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    A Seriya. “Roma” Turinda g‘alaba qozondi. Shomurodov 72 daqiqa o‘ynadi (video)

    Sport | 26 may, 07:52

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.