• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Alisher Usmonov muvaffaqiyatining siri nimada?

    O‘zA Milliy axborot agentligi asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonovning muvaffaqiyatiga erishish tarixi haqida maqola e’lon qildi. Uni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Bloomberg agentligining (AQSh) bergan xabariga qaraganda Alisher Usmonov Microsoft kompaniyasining asoschisi Bill Geyts bilan boshlanadigan dunyoning 100 nafar eng boy kishilari qatoridan o‘rin olgan.Alisher Usmonov 65 yoshda. Namangan viloyatining Chust shahrida tavallud topgan. Tadbirkor. Rossiyadagi USM (Usmonov) Holdings kompaniyasining asoschisi.“Yo‘q, bu ishni qilish mumkin emas, bizga bu to‘g‘ri kelmaydi, ular mutlaqo boshqa-boshqa narsa deb turganida Alisher Usmonov shu ishni qilsa bo‘ladi!”, deydi, shu ishni bajaradi va aytgan gapining ustidan chiqadi. Bu uning hayotda to‘plagan boy tajribasidan tashqari irodasidan, ko‘p qirrali qobiliyati, fe’l-u atvoridan darak beradi va hayotning tasdiqlashi bo‘yicha, tadbirkor tabiatidagi bu xislat uning katta muvaffaqiyatlarining asosi va garovi bo‘lib xizmat qilmoqda. “Men barcha ishlarni, butun-butun kompaniyalarni sinchkovlik bilan ipidan ignasigacha juda puxta o‘rganaman. Odamlarga ishonaman ma’qul bo‘lgan paytda, mening talablarimga to‘g‘ri keladigan odamga hamma narsamni ishonib topshirishga tayyorman. Sabot, matonatdan tashqari hissiyotlarga beriladigan odatim ham yo‘q emas”.Alisher Burxonovich Usmonov u yoki bu voqea xususida biron-bir fikr bildiradigan bo‘lsa, odatda uning o‘ziga xos fikri, munosabati atrofidagilarning e’tiborisiz qolmaydi, gap-so‘zining ta’sir kuchi katta, sezilarli bo‘lgan Rossiyaning eng badavlat milliarder tadbirkorlaridan hisoblanadi, deyishadi uni bilganlar.Amerikaning Forbes jurnali chop etila boshlaganiga 10 yil to‘lishi munosabati bilan: “Rossiyada kim yaxshi yashaydi?” deb 2013-yili o‘tkazilgan savol-javobda bunday kishilardan Rossiyada 200 nafari borligi ma’lum bo‘lgan. Ro‘yxat Alisher Usmonov nomi bilan boshlanadi. “Metalloinvest” hammuassisi Usmonov 17,6 milliard dollar mol-mulkka ega, deb qayd etiladi jurnal sahifalarida. Alisher Usmonov ikki yildan buyon Forbes jurnalidagi rus mulkdorlari reytingi ro‘yxatining birinchi o‘rnida turdi. Usmonov ketidan “Alfa-grupp”ning hammuassisi Mixail Fridman, undan keyin “Novatek”ning hammuassisi Leonid Mixelson, ana undan keyin Viktor Vekselberg, “Lukoyl” prezidenti Vagit Alekperov, “abadiy bo‘ydoq” deb nom chiqargan Mixail Proxorov. Yetti bolaning otasi Roman Abramovichlar turishadi. Ko‘p bolali ota (Abramovich)ning ustidan hazillashib bolalar boshini ko‘paytiraman deb, biznesda orqada qolayotgan Roman Abramovich o‘zining 10 milliard 200 million dollari bilan bu ro‘yxatda 13-o‘ringa tushib qolibdi.“Vijdon pulning quli bo‘lmasligi, eng muhimi, pul vijdonni so‘ndirmasligi ham, o‘ldirmasligi ham kerak. Vijdonim bilan kelishgan holda hamohang yashayman. Bu mening hayotdagi bosh va muhim maqsadim. Men hamma vaqt bir narsani qaytarishdan tolmayman. O‘z xohish-ixtiyorim bilan emas, ta’sir deymizmi, tazyiq ostida deymizmi, tasodifan biznesmen bo‘lib qolganman”.“Gapning kalamullosini aytadigan bo‘lsak, pul, mablag‘ yoki daromad hayotimning asl maqsadi emas. Turli davlat va nodavlat radio, gazeta, televideniye yoki Internet e’lon qilayotgan reytinglar boy-badvalat biznesmenlarning asl holati haqida aniq ma’lumot bermaydi”, — deydi Alisher Usmonov.

     Shu yerda multimillioner yoki milliarder Alisher Usmonov o‘zining bosh maqsadini, hayotiy shiorini e’lon qilgandek bo‘ldi: gap shundaki, biznesmenning butun mol-u mulki uning umr bo‘yi o‘zi uchun, yaqin kishilari uchun, xayr, sadaqa uchun, ya’ni homiylik yo‘lida sarf qiladigan xarajatlarning yig‘indisi bilan o‘lchanadi. Qolgan mablag‘i uniki emas. “Mablag‘larim meni yangi-yangi ishlarga, loyihalarni amalga oshirishga chorlaydi. Kattadan-katta ijtimoiy loyihalarni ro‘yobga chiqarish, hayotga tadbiq etish imkonini beradi. Men yaqin orada “San’at va sport” xayriya fondimni o‘zimning bosh tashkilotim deb hisoblasam kerak”, — deydi jahonga mashhur tadbirkor. Tadbirkorning bu gapini unchalik anglay olganimiz yo‘q. Bu gapidan u nima ishbilarmonlikni tashlab faqat sport va homiylik bilan shug‘ullanmoqchimi? Yana bilmadik. Har holda uning shunday fikri, niyati ham yo‘q emas.
     Xorijlik biznesmenlarning ta’kidlashi bo‘yicha, O‘zbekistonda ishbilarmonlik, tadbirkorlik bilan keng ko‘lamda shug‘ullanish imkoniyatlari chorak asrdan buyon mana endi ro‘yobga chiqa boshladi. Mamlakat iqtisodiyotini ravnaq toptirib, xalq turmush sharoitini ko‘tarishga xizmat qiladigan bu xosiyatli jarayonning ko‘pchilikka, ayniqsa jahon hamjamiyatiga tushunarli qonun-qoidalari ishlab chiqilib hayotga tadbiq etilmoqda.
    O‘zbekiston shahdam qadam tashlab, katta sur’atlar bilan rivojlanayotgan bugungi dorulomon kunlarda Rossiyada yashaydigan va bir daqiqa bo‘lsa ham, vatanini unutmagan hamyurtlarimizning o‘z vataniga, ona yeriga qiziqishi ortdi. Ular O‘zbekistonda bo‘layotgan o‘zgarishlarda ishtirok etish istaklarini bildirishmoqda. Moskva OAVlarining xabariga qaraganda namanganlik jahonga mashhur biznesmen Alisher Usmonov Rossiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga yo‘naltirgan hatti-harakatlarini ancha faollashtirgan.
     Alisher Usmonov... Rossiyada istiqomat qiladigan jahonga mashhur o‘zbek biznesmeni. Hozir u o‘zining nomidagi “USM Holdings” kompaniyasining 48% aksiyalari paketiga va Baykaldagi “Metalloinvest” tog‘-kon kompaniyasiga ega. Shuningdek, Usmonovning “Noviy media xolding”, “Kommersant’” nashriyot uyi, “Ximki Grupp” developmentida ham salmoqli ulushi bor.
    Alisher Usmonov 1953-yili 9-sentabr kuni Chust shahrida tug‘ilgan. Uning oilasi kambag‘allik nima ekanligini bilmaydigan oilalardan edi. Otasi Toshkent shahar prokurori bo‘lib ishlagan. Unga bolaligidan istagan narasini muhayyo etishardi. Boy oilaning to‘q bolalari katta bo‘lganida kim bo‘lishi masalasi juda bahsli va noma’lum. O‘ziga to‘q kamchiligi yo‘q oilalardan kim-qancha va qanday odamlar chiqmadi, deysiz?!
     Oila boshlig‘i Burxon ota Usmonov qattiqqo‘l, bolalarning ko‘ngliga qarab o‘tirmaydigan talabchan kishi bo‘lib oilada ham, do‘stlari orasida ham katta hurmatga sazovor bo‘lgan kishi edi. U o‘g‘lining o‘qishga va sportga bo‘lgan qiziqishini ko‘rib uni qo‘llab-quvvatladi. Yog‘ochdan yo‘nilgan qilich bilan qilichbozlik qilayotganini ko‘rib esa unga kerakli bo‘lgan barcha sport asbob va anjomlarini sotib olib beradi va qilichbozlik seksiyasiga borib yozdiradi.Alisher sport bilan shunchaki hazilakam emas balki jiddiy ravishda shug‘ullana boshladi va hamma bo‘sh vaqtlarini sport mashg‘ulotlarida o‘tkazdi. U tez orada sevgan sport turi bo‘yicha jiddiy natijalarni qo‘lga kirita boshladi va sport olamida musobaqalarda qilichbozlar orasida doimo g‘olib chiqadigan Alisher ismli yosh bola paydo bo‘ladi. Yarim yil o‘tar-o‘tmas u Respublika o‘smirlar terma jamoasi tarkibiga olindi. Bir nechta jiddiy raqiblar bilan o‘tgan g‘alabalaridan so‘ng esa SSSR terma jamoasiga olindi. Chustlik o‘spirin ko‘p o‘qiydigan romantik bola edi. U yoshligida fransuz yozuvchisi Aleksandr Dyumaning mashhur “Uch mushketyor” – (“Uch qilichboz”) romanini o‘qib sportning qilichbozlik turi — fextovaniye bilan shug‘ullanishga qaror qiladi. Ikki yil mashqdan so‘ng yosh qilichboz Alisher Usmonov Respublika terma jamoasiga qabul qilinadi. Ko‘p o‘tmay u o‘z kasbining ustasi – sport masteri unvonini oladi. Bu bilan u qoniqmaydi. Bu sohada yanada yuqoriroq natijalarga erishish uchun u qattiq harakat qiladi va eng yosh mohir qilichboz sifatida SSSR terma komandasi musobaqalarida qatnash huquqini qo‘lga kiritadi.

    15.06.2018, 09:49   Izoh (0)   89015
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    15-iyun kuni Toshkent aeroportida yangi terminal foydalanishga topshiriladi

    15.06.2018, 09:30

    O‘zbekistonda maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallar berish an’anasi tiklanadi. Ularni olganlar oliy o‘quv yurtlariga kirishda imtiyozga ega bo‘ladi

    15.06.2018, 09:10

    Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyev haqida: aqlli, iste’dodli odam va mening do‘stim

    15.06.2018, 08:53

    O‘zbekistonda maktab o‘qituvchilarining maoshi oshiriladi va imtiyozli ipoteka kreditlari beriladi

    15.06.2018, 08:32

    Buxoroda 16 yillik qamoq jazosini o‘tab qaytgan shaxs tog‘asiga bolta va pichoq bilan hamla qildi

    15.06.2018, 08:01

    Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi

    15.06.2018, 07:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Trampni qiziqtirgan litiy konni egallab oldi

    Dunyo | 28 iyun, 15:15

    Nima uchun yozda kasal bo‘lish xavfliroq: ichak infeksiyalarining oldini olish bo‘yicha oddiy maslahatlar

    Maslahatlar | 28 iyun, 14:55

    Polshada dunyodagi eng qadimgi bumerang topildi (foto)

    Dunyo | 28 iyun, 14:45

    Kosondagi bog‘chada 2,5 yoshli qiz vafot etgani yuzasidan jinoiy ish ochildi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 14:30

    Janubiy koreyalik aktyor Li Min Xo muxlislaridan juda ko‘p sovg‘a olgani uchun tanqid ostida qoldi

    Kino | 28 iyun, 14:25

    Simone Inzagi: “Bunday bahslar bizning o‘sishimizga yordam beradi”

    Sport | 28 iyun, 14:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.