13-iyun kuni Samarqand shahrida noma’lum shaxs “Marmar” dehqon bozori oldida Pastdarg‘om tumanida yashovchi Z.N. ismli ayolga xorijiy valyutadagi pullarini Samarqand shahar temiryo‘l vokzali oldida joylashgan bankda so‘mga almashtirib berishini aytib, birgalikda yo‘lovchi taksiga o‘tiradi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Biroq shaharning Gagarin ko‘chasiga yetib kelganlarida u Z.N.ning qo‘lidan ichida 6 000 AQSh dollari, 200 ming so‘m puli, zargarlik buyumi va fuqarolik pasporti bo‘lgan sumkasini tortib olib, avtomashinadan tushib, voqea joyidan qochib ketgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Sattepo maskanida yashovchi F.B. sodir etganligi aniqlandi. Talonchi qo‘lga olindi.
Izoh (0)