• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Intizomsiz va e’tiborni tortayotgan san’atkorlar yoki dunyo yulduziga aylangan Asilbek haqida

    Namangandagi “to‘y korteji” qatori “O‘zbekkonsert” tomonidan majlisga kelmagan 4 nafar san’atkorning litsenziyasi to‘xtatilgani internet-nashrlar va ijtimoiy tarmoqlarda muhokama mavzusiga aylandi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ularda mazkur holat turlicha talqin qilingani uchun muassasaning rasmiy bildirgisiga murojaat qildik. Matn asl holicha keltiriladi: 

    “Hukumatimiz tomonidan estrada san’ati sohasida faoliyat yuritayotgan ijodkorlar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilayotganligiga qaramasdan, ko‘pgina estrada xonandalari bunday imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish o‘rniga uni suiiste’mol qilishayotganligi, yosh xonandalar va ayniqsa, unvon olgan xonandalarda talabchanlik yo‘qolib, hotirjamlikka, o‘zibo‘larchilikka berilayotganligi, xonandalar asosan to‘y-hashamlar bilan band bo‘lib qolayotganligi shuningdek, milliy-ma’naviy qadriyatlarimizga, odob-ahloq me’yorlariga va mentalitetimizga zid bo‘lgan qo‘shiqlar yaratilib, efirga uzatilayotganligi keskin tanqid qilingan.

    Joriy yil 31-may kuni ‘O‘zbekkonsert’ davlat muassasasida ‘San’atkor odobi: Milliy estrada san’atining yoshlar ma’naviy axloqiy tarbiyasidagi o‘rni’ mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi.

    Ushbu yig‘ilishga Muassasaning mas’ul xodimlari tomonidan litsenziyalar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sanjar Raximov (Sardor Raximxon), ‘Nihol’ mukofoti sovrindori Feruza Jumaniyozova, estrada xonandalari Aslbek Negmatov va Toxir Usmonovlar telefon orqali ogohlantirilishiga qaramasdan asossiz kelmaganliklari aniqlandi.

    Bu orqali Muassasa bilan tuzilgan litsenziya bitimi talab-shartlarini qo‘pol ravishda buzdilar. Shuningdek, ‘Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida’gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asoslanib yuqorida qayd etilgan san’atkorlarning litsenziyalari joriy yilning 31-may kunidan to‘xtatilganligini ma’lum qilamiz”. 

    To‘rt abzasda qator imloviy xatolar bilan berilgan bildirgining sovuq nafasidan etim junjikib ketdi. O‘zimni chimchilab qo‘ydim: biz aniq 2018-yilda yashayapmizmi? Bu o‘tgan asrning 80-yillari emasmi? Negadir shu xabardagi “hukumatimiz” so‘zini “Markazqo‘m”, “milliy-ma’naviy qadriyatlar” jumlasini “sovet kishisiga xos fazilatlar” bilan almashirib qo‘ysa hech narsa o‘zgarmaydigandek tuyuldi. 

    Shuncha gap-so‘zga sabab bo‘lgan yig‘ilishda nimalar muhokama qilingani bilan qiziqdim. Iqtiboslar yig‘ilishni batafsil yoritgan “Kun.uz” nashridan olindi. 

    “O‘zbekkonsert’ rahbari Odiljon Abduqahhorov muqaddas Ramazon oyida san’atkorlar orasida ‘urf’ bo‘layotgan soqol qo‘yish, ijtimoiy tarmoqlarga masjidlardagi suratlarini joylash, ayol-xonandalarning kiyinishi kabi masalalarga e’tibor qaratdi.

    ‘Darhaqiqat, islom dinida soqol sunnat qilingan. Biroq hozir ayrim san’atkorlar soqoldan o‘ziga imidj yaratish yo‘lida foydalanishmoqda. Xalq haqiqiy san’atga baho beradi. Islom dini san’atkor targ‘ibotiga muhtoj emas’,— dedi ‘O‘zbekkonsert’ rahbari.

    Shu o‘rinda taroveh namozlariga borgani aks etgan suratlarini o‘z sahifalariga joylayotgan hamda masjidlarda imomlar bilan tushgan suratlari tarqalayotganlar, saharlik va iftorlik taomlari suratlari bilan bo‘lishayotganlar tanqid qilindi.

    ‘Ha, san’atkorlarga ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Biroq bu imkoniyatlarni suiiste’mol qilmaslik kerak’, — dedi Odiljon Abduqahhorov.

    Bundan tashqari, ayol-xonandalarning kiyinish madaniyati tanqid qilindi. ‘San’atingizni ko‘rsating, nima qilasiz e’tiborni boshqa narsalarga tortib?!’, — dedi Abduqahhorov”. 

    Iqtiboslar tugadi. 

    Ensani qotiradigan bu iqtiboslardan keyin siz qatori menga ham qator savollar tinchlik bermay qo‘ydi. Asosiysi — yig‘ilishda muhokama etish uchun bundan boshqa mavzu yoki vazifalar yo‘qmi? San’atkor ham O‘zbekiston fuqarosi, uning konstitutsiyada belgilangan huquqlari va erkinliklari bor. Soqolni imidj uchun qo‘yadimi yoki olgani erinadimi, bu uning shaxsiy ishi.

    Kulgili tomoni, “O‘zbekkonsert”ning talabchan rahbarini mazax qilgandek, majlisga kelgan ayrim xonandalar soqol olishni unutgan ekan. Ular ichidan zil ketib o‘tirgan bo‘lsa ajab emas. 

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    Taroveh namozlariga borgani yoki saharlik va iftorlik taomlari suratlarini sahifalarida bo‘lishayotganlar tanqid qilindi. Nimani ulashsin unda, oldin tanqid qilinganidek, yarim-yalang‘och suratlarnimi? Yoki chilim tortilayotgani aks etgan lavhalarnimi? 

    Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov tadbirkorlar uchun biznes-iftorlik tashkil qilib, suratlarini OAVda bo‘lishib turgan payt bunday gaplar nimasi? Balki Odiljon Abduqahhorov ham Ramazon kunlarida kimlarnidir dilini og‘ritmay, aytmoqchi bo‘lgan gaplarini iftorlik dasturxonida yetkazgani ma’qulmidi... 

    Foto: Baxtiyor Nasimov

    Foto: Baxtiyor Nasimov

    Ayol-xonadalarning kiyinish madaniyatiga to‘xtalib ham o‘tirgim kelmadi. Bu abadiy mavzu yuzasidan Abduqahhorov lo‘nda topshiriq berib qo‘ya qoldi: “San’atingizni ko‘rsating, nima qilasiz e’tiborni boshqa narsalarga tortib?!”

    Yaqin qo‘shnilarimiz misolida boshdan-oyoq tatuirovka bilan burkangan Timatiga “Roskonsert”ning san’atkorlar odob-axloqiga bag‘ishlangan yig‘ilishida dakki berilayotgani yoki Polina Gagarina bu majlisga kelmagani uchun litsenziyasidan mahrum etilganini tasavvur qilishga urindim. Yo‘q, bo‘lmadi, eplolmadim. Erinmasdan saytiga kirdim. G‘irt bekorchi tashkilot ekan. Litsenziyadan mahrum qilish yo ogohlantirish haqida hech qanday gap yo‘q. Nuqul qaysidir festival yo konsert o‘tkazilgani, xorijda rus san’ati targ‘ib qilinayotgani haqidagi materiallardan iborat. Yana o‘zimizning “qadrdonlar”ga qaytdim. 

    Yuqoridagi bildirgida xonandalar asosan to‘y-hashamlar bilan band bo‘lib qolayotganligi tanqid qilinadi. Oradan shuncha yillar o‘tsa ham hech narsa o‘zgarmabdi: 76 yoshni qarshilagan dadamning aytishlaricha, o‘z paytida Faxriddin Umarov va Tavakkal Qodirov kabi hofizlar ham shuni deb feleton bo‘lgan. 

    Insof bilan aytganda, bugungi kunda o‘zbek san’atkori to‘ydan boshqa yana nimadan tirikchilik qilishi mumkin? Topilgan daromadi ijara, liboslar va dekoratsiyadan ortmaydigan konsertlardanmi? Yo qo‘shiq, kliplari televideniye va radioda aylanayotganidanmi? Balki albomlarini sotishdan topgan foydasidandir?

    Bunday ayblarni taqayotgan “O‘zbekkonsert” Intellektual mulk agentligi bilan birgalikda mulliflik huquqlarini qat’iy himoya qilish bo‘yicha yanada takomillashgan qonun loyihasini ishlab chiqsa, tele-radiokanallar qo‘shiqlar va kliplardan foydalanganligi uchun haq to‘lanishini nazoratiga olsa, o‘zbek san’atini xorijda targ‘ib etish, xonandalarga chet ellarda konsertlarini uyushtirishga yordam berishi, O‘zbekistonda turli tanlovlar, festivallar o‘tkazilishida jonbozlik qilishi o‘rinli bo‘lar?

    Sardor Rahimxon, Asilbek yoki Feruza Jumaniyozovani nafaqat O‘zbekistonda, balki uzoq-yaqin boshqa davlatlarda ham muxlislari yetarli. Ular o‘zbek matbuotida muhim mavzuga aylangan bu yangilikni qanday kutib oldi ekan? Umuman, aqliga sig‘diroldimikin? 

    Qo‘shiqchilar ham barcha ijodkorlar kabi ko‘ngilning odami. Sal maqtovga havolanib, ozgina bosimdan kayfiyati tushib ketishi mumkin. Yuqoridagi qarorga munosabat ham kutilganidek bo‘ldi. Sardor Rahimxon “Indamaganim Ramazon hurmati va tarbiyamdan. Qolaversa, Xudo bor”, deya fikr bildirgan bo‘lsa, Asilbek “Endi dunyo yulduzi bo‘lish qiyinda, dunyo yulduzi bir Fransiyada yuradi, bir Germaniyada yuradi, bir soatda xabar topib kelish qiyin bo‘ladi”, deb kinoya qilgan.

    Foto: Instagram / @asilbek_amanulloh

    Foto: Instagram / @asilbek_amanulloh

    Bir muddat hatto Sardor Rahimxon shou-biznesni tark etgani, to‘ylarga buyurtma olmayotgani haqida ovozalar ham tarqaldi. 

    “O‘zbekkonsert” saytining “Rahbar ma’ruza va nutqlari” degan bo‘limi bor. Balki nisbatan yosh rahbar bo‘lgan Odiljon Abduqahhorov talabni baland qo‘yayotgandir deb u yerga joylashtirilgan matnlarni kuzatdim. Qiziq tomoni, bu ruknda muassasaning avvalgi rahbarlari — Bahodir Ahmedov, Murod Majidov, Farhod Jo‘rayev, Azamat Haydarovlarning chiqishlari turibdi.

    “O‘zbekkonsert” direktori vazifasini bajaruvchi Azamat Haydarov o‘tgan yil iyunda “Qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik san’atkorlarning asosiy fazilatiga aylansin” deya harbiylarga monand nomlangan yig‘ilishda ma’ruza qilib, “hukumatimiz san’at ahliga qatta e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatib, xalq artisti, xizmat ko‘rsatgan artist unvonlari va yoshlarimizni “Nihol” mukofoti bilan taqdirlayotgan ekan, kelinglar, ana shu hurmatning qadriga yetaylik. Ularning ishonchlarini yo‘qotmaylik” deb va’z-nasihat qiladi. So‘ng tashkilotga xos bo‘lgan uslubda “Barkamol avlod” sport o‘yinlari ochilish marosimida qatnashish o‘rniga to‘yga ketib qolgan Shahnoza Otaboyevani o‘ta noinsoflikda ayblab, litsenziyasi to‘xtatib qo‘yilganini pesh qiladi. Yana o‘sha tanish iddaolar...

    Afsuski, san’atning o‘ta mafkuralashtirilishi, san’at ahliga o‘rinli-o‘rinsiz talablarning qo‘yilishi illatidan hali-beri qutulmaydigan ko‘rinamiz. O‘z vaqtida Yulduz Usmonova, Sherali Jo‘rayev, Farrux Zokirov, Ozoda Nursaidovalar shu baloga duch kelgani hali yodimizdan ko‘tarilgani yo‘q. Ularni bir paytlar “qora ro‘yxat”ga kiritganlarni hech kim bugun eslamaydi, biroq qo‘shiqlari avval qanday tinglangan bo‘lsa, bugun ham orada hech narsa bo‘lmagandek eshitib kelinmoqda.

    San’atkorlarga advokatlik qilish niyatida emasman. Aksincha, ularning ayrim imtiyozlariga hatto qarshiman. Jumladan, daromadlaridan soliq olinmasligiga. Ularning boshqa ijodiy kasb egalari, aytaylik, rassom yoki jurnalistdan ortiq yo kam joyi yo‘q. Xonandalar to‘y, konsert va boshqa tadbirlardan olgan daromadidan albatta soliq to‘lashi, bundan bosh tortganlar esa qat’iy jazolanishi kerak. Balki shunda  yulduzlarimizning to‘ylarni o‘tkazib berish uchun belgilayotgan xizmat haqlari odamlarning g‘ashini keltirmas? Chiroyli avtomobil raqamlari mashina narxida sotilishiga ko‘nikdik-ku...

    Xulosa o‘rnidagi fikr shuki, “O‘zbekkonsert” san’atkorlar uchun olabo‘jiga emas, do‘st, hamkor va ko‘makchiga aylangani ma’qul va maqbul. Bir tashkilot yoki uning rahbari izzattalabligi tufayli muxlislar sevimlilaridan mahrum bo‘lmasligi, san’atkorlar esa sinmasligi kerak.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    11.06.2018, 17:07   Izoh (0)   122124
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qirg‘izistonda bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 23:48

    Olimlar paratsetamolning kutilmagan xavfi haqida ogohlantirdi

    Dunyo | 25 avgust, 23:40

    Rossiyada migrantlar imtihoniga ayollar bilan muloqot qilish qoidalarini kiritish taklif etildi

    Dunyo | 25 avgust, 23:25

    Polsha prezidenti ukrainalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonunga veto qo‘ydi

    Dunyo | 25 avgust, 23:15

    Britaniyada vertolyot qulashi natijasida uch kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 25 avgust, 23:05

    “AQSH Ukrainaga pul bermaydi”. Tramp urush haqida yangi bayonotlar bilan chiqdi

    Dunyo | 25 avgust, 22:57

    Iordaniya podshohi Samarqanddagi “Boqiy shahar” majmuasida bo‘ldi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 22:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.