Microsoft kompaniyasi GitHub xizmatini sotib olganini tasdiqladi. Savdo qiymati 7,5 milliard dollarni tashkil qilgan. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Microsoft GitHub bilan amalga oshirilayotgan ishlanmalarni saqlash xizmatni sotib olish haqida kelishuv imzolagan. Bu haqda dastlab Bloomberg xabar bergan.
Ta’kidlanishicha, qaror ikki tomonlama bo‘lgan. Microsoft GitHub’ni sotib olishga rozi bo‘lgan, xizmatning egalari esa bosh direktor Sata Nadella tufayli kompaniyani tanlagan. Rahbar aynan nima bilan aksionerlarni jalb qilgani noma’lum.
2015-yilda GitHub ikki milliard dollarga baholangan, biroq CNBC nashri endi kompaniyani besh milliard dollarga sotish mumkin, deb hisoblaydi.
Izoh (0)