O‘rtachirchiq tumanida yashovchi uy bekasi, 1960-yilda tug‘ilgan N. B. Bekobod tumanida yashovchi, 1988-yilda tug‘ilgan N.Sh. ning ishonchiga kirib, 2016-yil avgust oyida uni katta summaga chuv tushirdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Firibgar N.Sh. ning JKning 242-moddasi, 1-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan sudlanib, 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, hozirda Piskent tumanidagi UYA 64/75-sonli JIEMda jazo muddatini o‘tayotgan tog‘asi N.A. ni jazoni ijro etish muassasasidan tanishlari orqali muddatidan oldin chiqarib berishni va’da qiladi.
Buning uchun 11 000 dollar olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi.
Mazkur holat yuzasidan Zangiota tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 2018-yil 1- iyun kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)