• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘tganlarga xatmi Qur’on bag‘ishlash haqida

    “Islom.uz” portalida o‘tganlarga xatmi Qur’on bag‘ishlash haqida maqola chop etildi. Ma’lumot Hasanxon Yahyo Abdulmajidning “Xatmi Qur’onga marhabo!” kitobidan olingan. Uni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

    Foto: “Islom.uz”

    Foto: “Islom.uz”

    Dinimiz Islom insoniylik dinidir, odob‑axloq dinidir, yaxshilik va ezgulik dinidir. Islomga ko‘ra, inson o‘lishi bilan unut bo‘lmaydi va shu bois, uning tiriklar zimmasida haqlari, tiriklarning o‘tmishdoshlari oldida burchlari bo‘ladi. Shuning uchun ham Islomda o‘tganlarni xotirlash, ularning haqlariga duo qilish targ‘ib etilgan. Qur’oni Karim musulmon ummatini o‘z o‘tmishdoshlarini xotirlab, haqlariga mag‘firat so‘rab duoda bo‘ladigan ummat, deya ta’riflagan. Alloh taolo Hashr surasida shunday deydi:

    “Ulardan keyin kelganlar: “Robbimiz! Bizlarni ham, bizdan oldin iymon bilan o‘tgan birodarlarimizni ham mag‘firat qilgin va bizning qalbimizda iymon keltirganlarga nisbatan g‘illi‑g‘ash qo‘ymagin. Robbimiz! Albatta, Sen o‘ta shafqatli va rahmlisan” (Hashr surasi, 10‑oyat).

     “Ulardan keyin kelganlar” deyilganda Islom ummatining ilk avlodi – sahobalardan keyingi musulmonlar, umuman olganda, musulmonlarning keyingi avlodlari nazarda tutilgan. Demak, Islom ummatining xususiyatlaridan biri shuki, ularning keyingi kelganlari oldin o‘tganlarini yaxshilikda yodga olib, haqlariga xayrli duolarda bo‘ladi.

    Ushbu ilohiy ta’lim asrlar osha musulmon olamida amalda joriy bo‘lib kelgan. Shu bilan birga, o‘tganlarning nomidan yaxshi amallar qilib, savobini ularga bag‘ishlash ham bevosita Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tavsiyalari bilan shariatimizda joriy qilingan amaldir. Bu mavzuga oid diniy ta’limotlarni chuqur o‘rgangan ulamolarimiz Qur’on tilovat qilib, savobini o‘tganlarning haqqiga bag‘ishlash ham mazkur shar’iy ko‘rsatma ostiga doxil ekanini ta’kidlaydilar. Ular: “Bu borada kelgan hadislar o‘rganilsa, Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘tgan kishisining nomidan biror ezgu amal qilmoqchi bo‘lib, uning savobi yetishi haqida so‘ragan kishilarga: “Ha, savobi yetadi”, deb javob berganlar. U zotdan Qur’on tilovatining savobi yetishi haqida so‘ralgani rivoyat qilinmagan bo‘lsa‑da, boshqa savollarga bergan javoblaridan xulosa qilish mumkinki, agar u haqda so‘ralganda, unga ham “Ha, savobi yetadi”, deb javob bergan bo‘lardilar”, deydilar.

    Badriddin Ayniy rahmatullohi alayh o‘zining “Sahihi Buxoriy”ga yozgan sharhida Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xurmo novdasini ikki qabrga suqa turib: “Shoyad, shu sabab bulardan azob yengillatilsa”, degan hadislarining izohida jumladan quyidagilarni aytadi:

    “Xattobiy aytadi: “Bu hadisda qabr ustida Kitobi Azizni (Qur’onni) o‘qish mustahab ekaniga dalil bor, chunki dov‑daraxtning tasbehi tufayli mayyitga azob yengillatilishi umid qilinar ekan, Qur’oni Azim tilovatida umidvorlik va baraka yanada ulkandir”.

    Men aytaman: “Odamlar (ya’ni ulamolar) bu masalada turlicha fikr aytganlar. Abu Hanifa va Ahmad roziyallohu anhumo “Qur’on qiroatining savobi mayyitga yetadi”, degan fikrni qo‘llaganlar. Bunga dalil Abu Bakr Najjorning “Sunan” kitobida Aliy roziyallohu anhudan qilgan ushbu rivoyatidir: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim qabrlar o‘rtasidan o‘tib qolib, “Qulhuvalloohu ahad”ni o‘n bir marta o‘qib, so‘ng uning ajrini o‘lganlarga bag‘ishlasa, unga o‘lganlarning adadicha savob beriladi”, dedilar”. (Buni Doraqutniy ham rivoyat qilgan). U yana o‘z “Sunan”ida Anas roziyallohu anhudan marfu’ shaklda rivoyat qiladi: “Kim qabristonga kirib, Yosin surasini o‘qisa, o‘sha kuni ulardan azob yengillatiladi”.

    Badriddin Ayniy shu kabi ayrim rivoyatlarni keltirgach, “O‘tganlarga namoz, ro‘za va sadaqaning savobi yetishining o‘zi Qur’on tilovatining ham savobi yetishini bildiradi”, deydi.

    Zakariyo Ansoriy rahmatullohi alayh “Al‑Lubob”da: “Bunga (tilovatning savobi o‘lganga yetishiga) dalolat qiladigan narsalardan biri shuki, musulmonlar barcha asrlarda Qur’on o‘qib, o‘tganlariga bag‘ishlaganlar va buni hech kim inkor etmagan. Binobarin, bunga ijmo’ bo‘lgan”, deydi.

    Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “O‘liklaringizga Yosin surasini o‘qinglar”, dedilar”.

    Bu hadisni imom Abu Dovud va Nasoiy rivoyat qilishgan, Ibn Hibbon sahih deb aytgan va: “Bu yerda o‘lim to‘shagidagi inson nazarda tutilgan”, degan. Ammo ko‘pchilik ulamolar: “Lafz umumiy bo‘lgani uchun bu hadis o‘lim to‘shagida yotgan kishini ham, o‘lgan odamni ham o‘z ichiga oladi”, deyishadi.

    Ibn Obidin rahmatullohi alayh o‘zining mashhur asari – “Raddul‑muxtor”da yuqorida zikr qilingan hadislarni, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ummatlari nomidan qurbonlik qilganlari, Qur’oni Karimda ota‑onaga mag‘firat so‘rab duo qilishga targ‘ib qilingani va yana boshqa dalillarni sanab o‘tgach: “Bularning va bunga o‘xshash biz cho‘zilib ketishidan qo‘rqib keltirmagan dalillarning barchasi amalda boshqaning sherik bo‘lishini, ya’ni boshqaning amalidan manfaat olish borligini tavotur darajasiga olib chiqadi”, deya xulosa yasaydi.

    Umuman olganda, hanafiy mazhabining deyarli barcha mo‘‘tabar manbalarida sadaqa, namoz, ro‘za, tilovat va boshqa yaxshi amallarni boshqaning nomidan qilish mumkinligi, savobi yetishi haqida alohida to‘xtab o‘tilgan. Jumladan, bu haqda “Hidoya”, “Bahrur‑roiq”, “Badoye’” va boshqa asarlarda so‘z boradi.

    “Raddul‑muxtor”da bu mavzuda yana quyidagilarni o‘qiymiz:

    “Ibn Hajar Makkiydan: “Birov qabriston ahliga Fotiha surasini o‘qisa, savob ularning o‘rtasida taqsimlanadimi yoki har biriga uning savobicha to‘liq beriladimi?” deb so‘ralganda, u: “Bir jamoa ulamolar ikkinchisiga fatvo berishgan va Allohning fazliga shunisi loyiqroq”, deb javob bergan.

    Ibn Hajar o‘zining fiqhiy fatvolarida aytishicha, Hofiz Ibn Taymiya Nabiy sollallohu alayhi vasallamga qiroat savobini bag‘ishlashni man qilib: “Chunki u zotning yuksak qadrlariga salavot aytish, vasila so‘rash kabi o‘zlari izn bergan narsalardagina jur’at qilinadi”, deb aytgan ekan. Subkiy va boshqalar u kishiga qattiq raddiya berib: “Bunaqa ishlarda maxsus iznga hojat yo‘q. Ko‘rmaysanmi, Ibn Umar roziyallohu anhumo u zot sollallohu alayhi vasallamning vafotlaridan so‘ng hech qanday vasiyatsiz u zotning nomlaridan umralar qilar edi. Junayd tabaqasidagi Ibn Muvaffaq u zot alayhissalomning nomlaridan yetmish marta haj qilgan. Ibn Siroj u zot sollallohu alayhi vasallamning nomlaridan o‘n ming marta xatm va shuncha qurbonlik qilgan”, deyishgan...

    Hanbaliylardan Ibn Aqil: “U zotga tilovat savobini bag‘ishlash mustahab”, degan.

    Ulamolarimizning gapi shuki, kishining o‘z amalini boshqaga hadya qilishi mumkin ekan, bunga Nabiy sollallohu alayhi vasallam ham kiradilar, chunki u zot bunga eng haqlidirlar. Zero, u zot bizni zalolatdan qutqarganlar. Bunda bir nav shukr va u zot alayhissalomga go‘zal tortiq qilish bor. Komil narsa kamolotning ziyoda bo‘lishiga qobiliyatlidir. Ba’zi bir buni man qiluvchilarning “Bunda mavjud narsani yana mavjud qilishga urinish bor, chunki u zotning ummatlarining barcha amallari o‘z‑o‘zidan u zotning tarozilarini bosadi”, degan gaplariga kelsak, bunga “Buning hech qanday monelik joyi yo‘q, chunki Alloh taolo u zot sollallohu alayhi vasallamga O‘zi salavot aytishini xabar qila turib, bizlarning u zotga “Allohim! U zotga salavot yo‘llagin!” deya salavot aytishimizni buyurgan”, deb javob beriladi” (“Raddul‑muxtor”dan iqtibos tugadi).

    Xulosa qilib aytganda, mo‘‘tabar manbalarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yoki sahobalarning biror o‘tgan kishiga xatmi Qur’on bag‘ishlaganlari naql qilinmagan bo‘lsa‑da, bu umumiy tarzda ruxsat berilgan, targ‘ib qilingan ishlardandir. Yuqorida o‘tgan hadislar va umumiy shar’iy yo‘riqlar shuni ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra, Qur’on xatm qilib, savobini o‘tgan ota‑ona va boshqa yaqinlarga bag‘ishlash ulug‘ savobli amallardandir. Xatmni o‘sha mayyitning nomidan niyat qilib boshlansa, yana ham yaxshi bo‘ladi. Ammo tirik odam nomidan xatm qilinmaydi, unga tilovat savobi bag‘ishlanmaydi, chunki bunday badaniy amallarni birovning nomidan qilish uchun o‘sha shaxsning shu amalni qilishga butkul qodir bo‘lmasligi shart qilingan (“Raddul‑muxtor”).

    Xatmi Qur’ondan savob hosil bo‘lishi uchun uni xolis Alloh uchun bajarish lozim. Turli moddiy manfaatlar ilinjida qilinsa, savob hosil bo‘lmaydi va binobarin, o‘tganlarga ham savob yetmaydi.

    03.06.2018, 15:22   Izoh (0)   250275
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentning 11 ta tumanida nobiometrik pasportining amal qilish muddati tugashi munosabati bilani xizmat ko‘rsatish bo‘limlarida ish kunlari uzaytirildi

    03.06.2018, 14:59

    Sergelidagi yer usti metrosi qurilishi (fotogalereya)

    03.06.2018, 13:54

    Ramazon oyida yeyish-ichish borasida qilinadigan xatolar

    03.06.2018, 13:37

    Maktabga o‘quvchi qabul qilish tartibidan xabardormisiz?

    03.06.2018, 12:12

    Navoiyda Matiz beton to‘siqqa borib urildi. Haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi

    03.06.2018, 08:47

    O‘zbekistonda “Muslim TV” internet telekanali ish boshladi

    03.06.2018, 08:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.