“Chelsi” hamda Angliya terma jamaosi sobiq o‘yinchisi Frenk Lempard bosh murabbiylik faoliyatini boshladi. 2017-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan Frenk Chempionship vakili “Derbi Kaunti” jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.
Lempard jamoa bilan uch yillik shartnomaga imzo chekdi.
Chempionshipning yakuniga yetgan mavsumida “Derbi Kaunti” musobaqa jadvalida oltinchi o‘rinni egalladi. APLga chiqish uchun pley-off bosqichida esa “Fulhem”ga imkoniyatni boy berdi.
Ma’lumot uchun biroz vaqt muqaddam Angliya terma jamoasi hamda “Liverpul” klubi afsonasi Stiven Jerrard Shotlandiyaning “Reynjers” jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlagan edi.
Izoh (0)