Jahon Chempionatiga oz vaqt qolayotgan bir vaqtda ko‘plab terma jamoalar o‘rtoqlik uchrashuvlarida o‘zaro kuch sinashishda davom etmoqda.
Mundial mebzoni Rossiya terma jamoasi kecha, 30-may sanasida Avstriya termasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib mag‘lub bo‘ldi.
Uchrashuvdagi yagona gol 28-daqiqada Alessandro Shopf tomonidan kiritildi.
Rossiya terma jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini 5-iyun kuni Turkiyaga qarshi o‘tkazadi. Avstriya esa 2-iyunda Germaniya, 10-iyun kuni esa Braziliya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushadi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
30-may, chorshanba
Avstriya – Rossiya 1:0
Gol: 1:0 – 28 Shopf.Avstriya: Lindner, Dragovich, Xinteregger, Predl, Layner, Jul (Ilzanker, 80), Baumgartlinger (Grillich, 46), Kayns (Shlager, 72), Shopf (Alaba, 58), Arnautovich (Alar, 83), Shaub (Burgshtaller, 46).
Rossiya: Akinfeyev, Ignashevich, Granat, Fernandes (Smolnikov, 68), Kudryashov, Jirkov (Cherishev, 64), Kuzyayev (Zagoyev, 56), Golovin (Miranchuk, 76), Zobnin, Samedov (Miranchuk, 63), Smolov (Zyuba, 72).
Ogohlantirishlar: Smolov (32), Granat (42).
Izoh (0)