O‘zbekistonlik 14 nafar dizayner Fransiyaning Parij shahridagi Xalqaro moda akademiyasida (AICP) malaka oshirmoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining “Sharq liboslari” dizayn markazi hamda Parij shahridagi Xalqaro moda akademiyasi (AICP) o‘rtasida 2 haftalik o‘quv kursi o‘tkazish bo‘yicha shartnoma imzolangan. Malaka oshirish darslarida Koreya va Yaponiya moda sanoati vakillari ham ishtirok etmoqda.
O‘quv kursi doirasida 30-may, chorshanba kuni Fransiyada “O‘zbek feyshn industriyasi va tekstil ishlab chiqarish salohiyasi” mavzusida tadbir va modalar namoyishi o‘tkazildi. Unda milliy matolardan tikilgan zamonaviy liboslar namoyish etildi.
Izoh (0)