Rossiyaning “33 pingvina” muzqaymoq va desert kafelari tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirmoqda, deb yozadi Spot. Ma’lumotni kompaniyada tasdiqlashdi.
“33 pingvina” tarmog‘ining ilk kafelari, yozgi pavilyonlari va ko‘chma savdo nuqtalari Toshkentda yozda paydo bo‘ladi.
Franchayzerning O‘zbekistondagi sherigi mamlakat hududida taniqli brendlar mahsulotlarini yetkazib berish va ilgari surish bilan shug‘ullanuvchi Premium Trade Group kompaniyasi bo‘ldi.
Kompaniyada ma’lum qilishlaricha, kelajakda mahalliy savdo tarmoqlari va umumiy ovqatlanish muassasalari bilan hamkorlik qilish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)