Isroil snaryadining parchalari G‘azo sektoridagi falastin maktabiga tushdi. Mahalliy ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, deb yozadi “RIA Novosti”.
Isroil qo‘shinlari jangarilar tomonidan minomyotdan o‘qqa tutilishiga javoban anklav hududining turli nishonlarini bombardimon qilmoqda.
“Dayr al-Balax shahri sharqidagi maktab imtihonlar vaqtida o‘qqa tutildi. Baxtimizga, o‘quvchilardan hech biri jabrlanmadi”, — deb ma’lum qildi vazirlik.
Mamlakat ta’lim vazirligi dunyo hamjamiyatini Isroil agressiyasini qoralash va to‘xtatishga chaqirdi.
Isroilliklar, o‘z navbatida, tongda G‘azo sektoridan uchirilgan snaryadlardan biri bolalar bog‘chasi yaqiniga tushganligini ma’lum qilmoqda. Bu paytda tarbiyalanuvchilar hali bog‘chaga kelib ulgurmagan edi.
Izoh (0)