KXDR delegatsiyasi Pekinga yetib keldi, u yerdan AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish uchun Singapurga yo‘l oladi, deb yozadi “Kommersant”.
Yaponiyaning TBS telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, delegatsiya Shimoliy Koreyaning Vatanni tinch yo‘l bilan birlashtirish qo‘mitasi raisi Ri Son Gvon boshchiligidagi sakkiz kishidan iborat.
Nashr eslatishicha, avvalroq AQSh va KXDR delegatsiyalari qurolsizlantirilgan hududdagi Pxanmunjom muzokaralar punktida uchrashgan edi. Muzokaralarda Amerika guruhiga AQSh Davlat departamentining KXDR bo‘yicha sobiq maxsus vakili Son Kim rahbarlik qildi.
Izoh (0)