• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqandlik “Ahmadboy”ning nayranglari fosh bo‘ldi

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida o‘zganing mulkini noqonuniy tarzda firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirgan samarqandlik “Ahmadboy”ning jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

    Foto: “Bezumno.ru”

    Foto: “Bezumno.ru”

    Sud jarayonida ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi Ramesh Murtazayev 2014-yilning fevral oyida Kamol Egamqulovga tegishli bo‘lgan Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida joylashgan “Yangi asr” gaz quyish shoxobchasini sotib olish uchun 60 ming AQSh dollari berishini aytib, 42 000 AQSh dollari berib ushbu shoxobchani o‘zining nomiga rasmiylashtirib olgan. Qolgan 18 ming AQSh dollar pullarini esa o‘z ehtiyojlariga uchun sarflab yuborgan.

    Ramesh Murtazayev o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2016-yilning oktabr oyida tanishi Fayoz Jo‘rayevdan Spark rusumli transport vositasi uchun 6 000 AQSh dollari pul berishini aytib, avtomashinani firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, uni boshqa odamga sotib yuborgan.

    2016-yilning noyabr oyi oxirlarida tanishi Farruh Xurramovning ishonchiga kirish uchun 2016-yil oktabr oyida boshqa birovga sotib yuborgan Volvo rusumli ekskavatorini o‘ziga tegishli ekanligini bildirib, ekskavatorni 200 000 000 so‘m evaziga uni nomiga rasmiylashtirib berishligini va’da qilib, aldov yo‘li bilan 7500 AQSh dollari pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritadi. Va’da qilingan Volvo rusumli ekskavatorini uning nomiga rasmiylashtirib bermasdan, pul mablag‘larini o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

    Ramesh Murtazayev o‘zining navbatdagi “tuzog‘i”ni 2016-yil dekabr oyida Samarqand shahrida yashovchi tanishi Armen Arustamovga qo‘yadi. U Armen Arustamovning Nexia-2 rusumli avtomashinasi uchun 6 500 AQSh dollari pul berishini aytib, avtomashinani firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, uni boshqa odamga sotib yuboradi.

    O‘zgalar mulkini osonlik bilan qo‘lga kiritib, firibgarlik yo‘li bilan mo‘may pul topayotgan Ramesh Murtazayev 2017-yilning yanvar oyida tanishi Kamol Egamqulovning ta’sischiligida ochilgan “Bog‘don Gaz Servis” MChJning direktori sifatida ish boshlaydi. O‘z mansabidan foydalanib “Bog‘don Gaz Servis” MChJ faoliyatini rivojlantirish maqsadida “Ipoteka bank”ning Ko‘ksaroy filialidan korxonani qayta ta’mirlash va rivojlantirish maqsadida Ipoteka krediti tariqasida tashkilot hisob raqamiga 450 000 000 so‘m pulni o‘tkazdiradi. Biroq, Ramesh Murtazayev MChJni ta’mirlash va rivojlantirishga yo‘naltirgan kredit mablag‘larining 100 000 000 so‘mini “Sala-Bala” KTIChFning hisob raqamiga qurilish mollari olish uchun o‘tkazib, 350 000 000 so‘mini “Evellina Stroy Servis” MChJning hisob raqamiga bajarilgan ishlar uchun o‘tkazib, shundan 144 000 000 so‘mni Kamol Egamqulovning nomiga “Ipoteka bank” Ko‘ksaroy filialidan ochilgan plastik kartaga o‘tkazib, o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlandi.

    Bu ham yetmaganidek, 2017-yilning yanvar oyida “Bog‘don Gaz Servis” MChJning hisobida bo‘lgan umumiy qiymati 14 700 000 so‘mga teng bo‘lgan ikki dona gaz saqlash sig‘imining gaz quvurlari, gazni to‘kish kompressori va gaz o‘lchov kolonkasini dastlabki tergov davomida aniqlashning imkoni bo‘lmagan shaxslarga sotib yuborgan.

    O‘z ishining “ustasi”ga aylanib qolgan Ramesh Murtazayev 2017-yilning mart oyida Samarqand shahrida yashovchi tanishi Sirojiddin Tursunovdan Lacetti (Gentra-2) rusumli avtomashinasi uchun 14 500 AQSh dollari pul berishini aytib, avtomashinani firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, uni ham boshqa odamga sotib yuboradi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan, tanishi Abror Jabborovdan tez kunda qaytarib berishini vada qilib 22 000 AQSh dollari miqdoridagi pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi.

    2017-yilning aprel oyida esa tanishi Ilhom Ismoilovdan vaqtincha foydalanib turishi uchun bir dona bahosi 180 000 000 so‘mlik Samsung rusumli kovshli ekskavatorni ham firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, uni ham boshqa shaxslarga sotib yuborgan.

    “O‘ziga xon, ko‘lankasi maydon” bo‘lgan Ramesh Murtazayev 2017-yilning may oyida tanishi Ahror Karimovga gaz shoxobchasi uchun yoqilg‘i olib kelib berishini aytib, 134 000 000 so‘m, Oqdaryo tumani hokimiyatida ishlovchi tanishlarining yordami bilan Oqdaryo tumani hududidan 40 sotix yer olib berishini aytib, 2000 AQSh dollari pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ushbu mablag‘larni ham o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuboradi.

    Bu ham yetmaganidek, 2017-yilning 5-may kuni Ahror Karimovning ATB “Xalq banki” Bog‘ishamol filialiga 50 000 000 so‘m miqdorida omonat puli qo‘yganligini bilgan holda, ushbu pul mablag‘ini qo‘lga kiritish maqsadida Ahror Karimovning nomidan ushbu pul mablag‘ini o‘zi rahbarlik qilgan “Yangi Asr-1” xususiy korxonasining hisob raqamiga o‘tkazish so‘ralgan arizani soxtalashtirib, ATB “Xalq banki” Bog‘ishamol filiali buxgalter-nazoratchi D.Obidovaga taqdim qilgan holda Ahror Karimovning hisobida bo‘lgan 50 000 000 so‘m miqdordagi omonat pullarini “Yangi asr-1” XK hisob raqamiga o‘tkazib yuboradi. Qo‘lga kiritilgan pullarni esa o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuboradi.

    Sud jarayonida 2017-yilnig may oyida Ramesh Murtazayev tanishi Ilhom Badalovga onasi shifoxonada ekanligini, onasini davolatish uchun va avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi tashkil qilish uchun pul kerakligini aytib, 160 000 000 so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlandi.

    O‘zgalarni chuv tushirishni kasbga aylantirib olgan Ramesh Murtazayev 2017-yilnig may oyida tanishi Sayfullo Mahmudovdan tez kunda qaytarib berish sharti bilan 4 700 AQSh dollari pullarini qo‘lga kiritadi. 2017-yilning may oyida Oqdaryo tumani Qum kishlog‘ida yashovchi tanishi Bahriddin Abdullayevdan esa tez kunda qaytarib berish sharti bilan 13 000 AQSh dollari pullarini olib bu pullarni ham o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuboradi.

    “Sutdan og‘zi kuygan qatiqni ham puflab ichadi”, degan naql bor. Ramesh Murtazayevning firibgarligidan bir bora kuygan Kamol Egamqulovdan ikkinchi bor uning aldoviga ishonadi. 2017-yilning iyun oyida Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida Kamol Egamqulovdan G‘allaorol tumanida joylashgan “Yangi asr” gaz quyish shoxobchasini ishga tushirish uchun 180 000 000 so‘m pullarini tez kunda qaytarish sharti bilan qo‘lga kiritib, ushbu pullarni o‘zining ehtiyojlariga uchun sarflab yuboradi.

    Bundan tashqari, Ramesh Murtazayev 2017-yilning iyul oyida tanishi Suxrob Saidovning ta’sischiligida ochilgan “Minbar Samarqand” MChJda direktor lavozimida ishlab kelishi davomida MChJ faoliyatini rivojlantirish maqsadida suyultirilgan gaz olish uchun “Agro bank”ning Jomboy tumani filialidan “Minbar Samarqand” MChJning hisob raqamiga 300 000 000 so‘m pullarni ipoteka krediti tariqasida olib, ushbu kredit mablag‘larini MChJ faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirmasdan, o‘z manfaatlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlandi.

    Boz ustiga R. Murtazayev 2017-yilning iyul oyida “Minbar Samarqand” MChJ hisobida bo‘lgan ikki dona bahosi 117 384 580 so‘mlik Lacetti rusumli transport vositalari va bir dona bahosi 97 183 000 so‘mlik Cobalt rusumli avtomashinalarni boshqa odamlarga sotib, pullarini o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida sudya G‘.Negmatov raislida o‘tkazilgan sud jarayonida tomonlarning fikrlari to‘liq o‘rganilib, ushbu jinoiy ish yuzasidan sud hukmi e’lon qilindi. Sud hukmiga ko‘ra Ramesh Murtazayev O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 28,211-moddasi 1-qismi, 228-moddasi 1-qismi va 228-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Ramesh Murtazayevdan davlat foydasiga 16 376 660 so‘m, jabrlanuvchi Kamol Egamqulov foydasiga jami 327 389 940 so‘m, jabrlanuvchi Jo‘rayev Fayoz foydasiga 45 035 815 so‘m, “Bog‘dod Gaz Servis” MChJ hisobiga jami 464 700 000 so‘m, jabrlanuvchi Abror Jaboarov foydasiga 180 143 260 so‘m, jabrlanuvchi Sirojiddin Tursunov foydasiga 118 730 785 so‘m, jabrlanuvchi Ilhom Ismoilov foydasiga 180 000 000 so‘m, jabrlanuvchi Ilhom Badalov foydasiga 160 000 000 so‘m, jabrlanuvchi Sayfullo Mahmudov foydasiga 38 485 151 so‘m, jabrlanuvchi Bahriddin Abdullayev foydasiga 106 448 290 so‘m, “Minbar Samarqand” MChJ foydasiga 307 000 000 so‘mlik moddiy zarar undirilish to‘g‘risida hukm chiqarildi.

    27.05.2018, 12:06   Izoh (0)   133443
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Navoiy va Zarafshon shaharlariga yangi hokimlar tayinlandi

    27.05.2018, 11:06

    O‘zbekistonda bir nafar pensionerga bir yarim nafar ishlovchi to‘g‘ri kelmoqda. Pensiya jamg‘armasi samarali ishlashi uchun ular kamida 4 nafar bo‘lishi kerak

    27.05.2018, 10:00

    Toshkentda muqaddam sudlangan 3 nafar shaxs Matiz haydovchisini avval bo‘g‘ib, so‘ng pichoqlab o‘ldirdi

    27.05.2018, 09:12

    O‘zbekistonda 28-maydan boshlab havo harorati pasayishi kutilmoqda

    27.05.2018, 07:43

    O‘zbekistonda 1-iyuldan eski namunadagi pasportlar “bir parcha qog‘oz”ga aylanadi. Toshkentda hozirgacha 1,8 mlnga yaqin fuqaro yangi biometrik pasport olgan

    26.05.2018, 22:52

    6 bor jinoyat sodir etgan surxondaryolik 8-mart kuni xotini va qaynsinglisini pichoqladi

    26.05.2018, 21:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Botafogo”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 28 iyun, 23:48

    Kolumbiyada ko‘chki sabab halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 23:10

    Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 22:45

    Superliga. “Qizilqum” so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

    Sport | 28 iyun, 22:41

    Ukraina: Odessada qurbonlar soni 14 nafarga yetdi

    Dunyo | 28 iyun, 22:20

    Italiyaning ko‘plab shaharlarida jazirama sabab “qizil” ogohlantirish e’lon qilindi

    Dunyo | 28 iyun, 21:55

    30 dan ortiq dron urib tushirildi — Rossiya Mudofaa vazirligi

    Dunyo | 28 iyun, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.