• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda bir nafar pensionerga bir yarim nafar ishlovchi to‘g‘ri kelmoqda. Pensiya jamg‘armasi samarali ishlashi uchun ular kamida 4 nafar bo‘lishi kerak

    Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqqan bo‘lib, ushbu loyiha 27-aprel kuni xalq muhokamasiga qo‘yilgandi. Hozirda joylarda uning muhokamasi o‘tkazilib, mutaxassislar tomonidan berilgan tavsiyalar va internet orqali bildirilgan fikrlar taxlil qilinmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Toshkent shahrida o‘tkazilgan navbatdagi davra suhbati “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh etish zaruratini belgilovchi asosiy omillar: mavjud muammolar va ularning yechimi” deb nomlandi. Unda Oliy Majlis Senatining budjet va iqtisodiy islohatlar qo‘mitasi, Qonunchilik palatasi vakillari, vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda BMT Taraqqiyot dasturi, Jahon banki va YuNISEF mutaxassislari ishtirok etdi.

    Tadbirda berilgan ma’lumotga qaraganda, bugungi kunda O‘zbekistonda Pensiya jamg‘armasi tizimida 3,3 million nafardan ko‘proq pensioner va nafaqa oluvchi bo‘lib, ular mamlakat aholisining o‘rtacha 10 foizini tashkil etadi. O‘tgan 2017-yil davomida pensiya va nafaqa to‘lovlari uchun jami 16,6 trilion so‘mdan ortiq mablag‘ moliyalashtirilgan. Bu davlat byudjetining jami xarajatlarining o‘rtacha uchdan bir qismini tashkil etadi.

    Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Shuhrat O‘taganovning qayd etishicha, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun 1993-yilda qabul qilingan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida unga 20 dan ortiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan. Shu bilan birga, qonunda bir qator havolalarning borligi, ya’ni to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etuvchi normalarning mavjud emasligi, turli farmon va qarorlar bilan tartibga solinishi qonunning turli xil talqin qilinishiga olib kelayotgandi. Yangi ishlab chiqilgan “Davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi konsepsiyada asosiy masalalardan biri sifatida yangi tahrirdagi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston respublikasi qonunini ishlab chiqish nazarda tutilgan.

    “Hozirgi vaqtda qonunda yuqori ish staji va yuqori maoshga ega bo‘lgan, ijtimoiy sug‘urta tizimida faol, ya’ni ko‘p miqdorda ulush ajratgan fuqarolarni rag‘batlantirish mehanizmlari mavjud emasligi bois, konsepsiya doirasida ijtimoiy sug‘urta badallarini ko‘proq o‘tkazgan fuqarolarni pensiya badallarini oshirish masalalarini ko‘zda tutganmiz.

    Jumladan, 35 yildan ortiq ish stajining har bir to‘liq yili uchun pensiya miqdorini o‘rtacha oylik ish haqining 2 foiziga oshirish; pensiya tayinlanadigan sanada qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam ish haqining 8 baravaridan 12 baravarigacha miqdordagi pensiyani hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdorini oshirish.

    Amaldagi pensiya ta’minoti tizimi 7 yildan kam bo‘lmagan stajga ega bo‘lgan shaxslarga pensiya tayinlanishini nazarda tutadi. Endilikda yoshga doir pensiya tayinlash uchun talab etiladigan minimal staj davomiyligini oshirish taklif etilmoqda. Dunyoning ko‘plab davlatlari, jumladan, MDH davlatlarida talab etilgan eng kam ish staji 10–15 yilga yetkazilgan”, — deydi Shuhrat O‘taganov.

    Tadbirga iqtisodchi olimlar ham taklif etilgan bo‘lib, ular o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. O‘zbekiston Milliy universiteti professori, iqtisod fanlari doktori Abdurahmon Vahobov shunday mulohaza bildirdi:

    — Aholi tabiiy o‘sishini pasayishi, kishilarning o‘rtacha umri davomiyligining oshishi, bizni iqtisodiyotda yashirin qismdagi ishlovchilarning mavjudligi kabilar pensiya tizimida bir qator muammolarni yuzaga keltirmoqda. Jumladan, pensiya tizimida olinayotgan pensiyaning miqdori odamlarning munosib turmush kechirishi uchun yetmaydi. Bu tizimning o‘z majburiyatlari bor va boshqa sohalarda joriy etilayotan islohotlar, pensiya tizimini ham isloh etishni talab etmoqda. Biz bu soha bo‘yicha qator mamlakatlardan ortdamiz.

    Masalan, hozirda respublikada erkaklar 60 yoshdan, ayollar esa ulardan besh yil oldin pensiyaga chiqadi. Bunday yondoshuv dunyoning sanoqli mamlakatlarida qolgan. O‘tgan asrning 30-yillarida qabul qilingan bu norma o‘sha paytlar uchun to‘g‘ri edi. Chunki, u vaqtda odamlarning o‘rtacha umr ko‘rsatkichi 60 yosh edi, hozir esa 73 yosh bo‘ldi Konsepsiyaga binoan pensiyaga chiqish yoshi bosqichma-bosqich dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkich darajasiga yetkazildi.

    Pensiya jamg‘armasi samarali ishlashi uchun bir pensionerga kamida 4 nafar ishlovchi to‘g‘ri kelishi kerak. Ana shundagina pensiya fondiga sug‘urta badallari barqaror kelib tushadi va pensioner to‘lovlarni keragicha va o‘z vaqtida oladi. Hozir O‘zbekiston misolida olib qarasak, 18 milliondan ortiqroq iqtisodiyotda mehnat qilish qobiliyatiga ega fuqaro bo‘lib, shundan 14, 2 million kishi rasman ishlayapti va ularning 10,5 millioni Xalq bankida o‘zining individual personallashgan hisobiga ega. Biroq shundan 4 yarim millionigina muttasil ravishda badalini to‘lab turadi. Demak, 3,3 million pensioner bo‘lsa, bir nafar pensionerga bir yarim nafar ishlovchi to‘g‘ri kelyapti.

    Hozirgi tizimda davom etadigan bo‘lsak, yaqin kelajakda pensiya fondining harajatlar qismi va daromad qisminig muvozanatini buzilishi ro‘y beradi. Bizda yashirin sektorning ulushi ko‘p, ularni legallashtirishimiz kerak. Shuningdek, ayrim qo‘shimcha to‘lovlar ham bor bo‘lib, bular tizimga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, pensiya fondidan suyunchi puli berish to‘g‘ri emas. Shu kabi to‘lovlardan ham voz kechish kerak, — deydi professor.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Konsepsiya mualliflari hozirda ishlayotgan pensionerlarga ularning pensiyasini to‘liq miqdorda to‘lashni ham taklif etmoqda. Shuningdek, Qariyalar uylarida yashayotgan va nogiron pensionerlar pensiyani ko‘paytirish kabilar ham takliflar qatoridan o‘rin olgan.

    Taklif etilayotgan islohotlarning ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, seminar ishtirokchilari, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari ekspertlari, yangi taklif etilayotgan normalarni bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarurligi to‘g‘risida fikr bildirdi. Xususan, dastlabki bosqichda talab etiladigan minimal ish stajini bosqichma-bosqich har yili, 2019-yildan boshlab 10 yilgacha oshirish, pensiya yoshini esa 2022-yildan boshlab har yili 6 oyga, ayollar uchun 58 yoshgacha va erkaklar uchun 63 yoshgacha oshirib borish tavsiya etildi.

    Ma’lumot uchun, konsepsiya bilan Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasin saytida tanishish va munosabat qoldirish mumkin.

     

    27.05.2018, 10:00   Izoh (0)   32175
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda muqaddam sudlangan 3 nafar shaxs Matiz haydovchisini avval bo‘g‘ib, so‘ng pichoqlab o‘ldirdi

    27.05.2018, 09:12

    O‘zbekistonda 28-maydan boshlab havo harorati pasayishi kutilmoqda

    27.05.2018, 07:43

    O‘zbekistonda 1-iyuldan eski namunadagi pasportlar “bir parcha qog‘oz”ga aylanadi. Toshkentda hozirgacha 1,8 mlnga yaqin fuqaro yangi biometrik pasport olgan

    26.05.2018, 22:52

    6 bor jinoyat sodir etgan surxondaryolik 8-mart kuni xotini va qaynsinglisini pichoqladi

    26.05.2018, 21:51

    Bo‘stonliq tumani Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i qamoqqa olindi

    26.05.2018, 21:11

    Marg‘ilonda ota-bola uydagi sandiqda ko‘knori saqlayotgani ma’lum bo‘ldi

    26.05.2018, 20:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda davlat xizmatchilari maoshi ularning ish tajribasi, natijadorligidan kelib chiqib shakllantiriladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 14:31

    “Chelsi” 100 mln yevroga xarid qilgan futbolchisini sudga berishi mumkin

    Sport | 20 iyun, 14:15

    Meksikadagi “Erik” to‘foni mamlakatda yilning eng kuchli bo‘roniga aylandi

    Dunyo | 20 iyun, 14:14

    Diyetolog yurak uchun foydali top-7 yozgi meva va sabzavotlarni sanab o‘tdi

    Layfstayl | 20 iyun, 14:06

    Ilon Mask Rossiyadan siyosiy boshpana so‘ragani aytilmoqda

    Dunyo | 20 iyun, 13:54

    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim

    Reklama | 20 iyun, 12:00

    Ijtimoiy tarmoqlar bolalarda depressiyani keltirib chiqarishi mumkin — tadqiqot

    Layfstayl | 20 iyun, 13:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.