Afg‘oniston sharqidagi Nangarxar viloyatida AQShning uchuvchisiz apparati “Tolibon” harakatining uch jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda Khaama Press agentligiga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.
Foto: Google Images
Halok bo‘lganlardan biri — tolibonlarning dala qo‘mondoni Ahmad Gul Sangariy.
Agentlik ma’lumotlariga qaraganda, o‘ldirilgan qo‘mondon terakt amalga oshirish, xavfsizlik xizmati marralariga hujum qilish, minalar o‘rnatish va davlatga qarshi boshqa jinoyatlarda (diversiya) gumon qilingan.
Uchuvchisiz apparatning vazifasi Surkx Rod tumanida jangarilar uyasini yo‘q qilishdan iborat edi.
Izoh (0)