Shavkat Mirziyoyev 26-may kuni Gruziya milliy bayrami – davlat mustaqilligi tiklangan kun munosabati bilan prezident Giorgiy Margvelashvilini qutladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
1991-yilning 31-mart sanasida Gruziyada mamlakat mustaqilligini qayta tiklash bo‘yicha referendum o‘tkazilgan. Mazkur referendum 1918-yilning 26-mayida qabul qilingan mustaqillik Aktiga asoslangan bo‘lib, bu SSSR tarkibidan chiqishni anglatgan. Referendumda saylovchilarning 90,5 foizi ishtirok etgan, ularning 98,93 foizi davlat mustaqilligi uchun ovoz bergan.
Izoh (0)