• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12777.52
    • RUB161.54
    • EUR14590.65
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda himoya huquqi endi faqat qog‘ozda emas, amalda ham ta’minlanadi

    O‘zA himoya huquqining ta’minlanishi borasidagi o‘zgarishlar haqida maqola e’lon qildi. Uni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

    Foto: “Xdp.uz”

    Foto: “Xdp.uz”

    Bundan ancha yillar muqaddam tanishimga advokat kerak bo‘lib qoldi. Advokatlik firmasiga borib, so‘rab-surishtirib bir advokat bilan shartnoma tuzdik. U zarur ma’lumotlarni to‘pladi va sudda mijozini himoya qilish uchun barcha dalillarni ilgari surdi. Ammo hukm e’lon qilinganda advokatning birorta fikri inobatga olinmagan edi.
    Ha, advokatning sudda yutib chiqishi, mijozini ozod eta olishi biz uchun faqat hind kinolarida mavjud edi. Amalda esa advokat imkon qadar harakat qiladi, ammo uni hech kim go‘yo eshitmas, nazariga ham ilmasdi.
    Ammo fuqarolar va yuridik shaxslarning himoya huquqi ta’minlanishi shartligi inson huquqlariga oid konvensiya, konstitutsiya va qonunlarda yaqqol aks ettirilgan. Jumladan, bu yil 70 yilligi nishonlanadigan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har insonga himoya uchun barcha imkoniyatlar ta’minlanishi zarurligi qayd etilgan. Mazkur qoida Bosh qomusimizda ham o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ayblanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta’minlanishi, fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam berish uchun advokatura faoliyat yuritishi belgilab qo‘yilgan.
    – Advokatlar erkin faoliyat yuritishi, himoyasi ostidagi shaxs bilan moneliksiz uchrashishi mumkinligi qonunlarimizda mavjud edi, – deydi O‘zbekiston advokatlar palatasi raisi vazifasini bajaruvchi Shuhrat Sodiqov. – Amalda esa surishtiruv va tergov organlari xodimlari tomonidan bu to‘liq ta’minlanmasdi. Bunga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev alohida e’tibor qaratib, mazkur organlarning yuzaki sabablarga ko‘ra advokatlarga to‘sqinlik qilganliklarini keskin tanqid qildi.
    Darhaqiqat, aynan mana shunday omillar sabab ham advokatura hanuzgacha odamlar ishonchini qozongan huquqni himoya qiluvchi institutga aylana olmadi. Advokatlarning huquqlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qilayotgan va ular tomonidan sifatli yuridik yordam ko‘rsatilishiga xalal berayotgan qator omillar hamon mavjud.
    Zero, bugun hayot boshqa sohalar qatori advokatlik instituti oldiga ham to‘laqonli faoliyat yuritish talabini qo‘ymoqda. Shundan kelib chiqib, davlat tomonidan advokatura yo‘liga to‘siq bo‘layotgan g‘ovlarni olib tashlash, advokatlar duch kelayotgan muammolarni bartaraf etish uchun zarur imkoniyatlar yaratilmoqda.
    Davlatimiz rahbarining 2018-yil 12-maydagi “Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni shu maqsadga xizmat qiladi.
    Farmondagi eng muhim jihat – advokatura tizimini tubdan takomillashtirish, professional yuridik yordam sifatini va advokat kasbining nufuzini oshirish, shuningdek, sud ishini yuritishda tenglik va tortishuv prinsiplarini to‘liq ro‘yobga chiqarishga e’tibor qaratilganidir. Chunki aynan mana shu zaruriy omillar ta’minlanmasdan turib advokat talab darajasida faoliyat yuritishi qiyin.
    Shu paytgacha birgina sud binosida advokat xonasi bo‘lmaganining o‘zi unga bo‘lgan munosabatni ifoda etgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Advokat sud majlisi boshlanishini boshqa ishtirokchilar qatori sud zali eshigida kutib turgan. Holbuki, u ham sudya, prokuror kabi oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan, huquqi ulardan aslo kam bo‘lmagan insititut vakilidir.
    – Mana shu muammo bartaraf etilgani, ya’ni endilikda sud binolarida advokatlar uchun xonalar ajratilishi soha xodimlariga bo‘lgan yuksak e’tibor namunasi bo‘ldi, – deydi Sh.Sodiqov. – Bu imkoniyat advokatning sud majlisi oldidan tegishli hujjatlarni qayta ko‘zdan kechirish, majlisga puxta tayyorgarlik ko‘rishini ta’minlab qolmasdan, uning hurmatini joyiga qo‘yishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.
    Endilikda advokatlarning o‘z himoyasi ostidagi shaxslar bilan audio va videokuzatuv qurilmalari bo‘lmagan maxsus xonalarda hamda begona shaxslarning ishtirokisiz o‘z vaqtida va hech qanday to‘siqlarsiz uchrashishi ta’minlanadi. Bunda advokat va himoya ostidagi shaxsning suhbatini uchinchi shaxslar eshitishini istisno etgan holda, ularni vizual ko‘rib turish imkoniyati saqlanib qolinadi.
    Bu nafaqat advokatlarga, balki uning xizmatidan foydalanayotgan insonlarga berilgan katta imkoniyatdir. Shu paytgacha garchi advokat mijozi bilan hibsxona, qamoqxonalarda uchrashgan, suhbatlashgan bo‘lsa-da, ammo ularning suhbatlari boshqalar tomonidan eshitilmayotgani yoki yozib olinmayotganini aniq bilmasdi. Bu mavhumlik esa ularning o‘zlarini erkin tutishiga, albatta, monelik qilgan. Aynan shu holatga barham berilishi mamlakatimizda inson huquqlariga bo‘lgan e’tibor kuchayganining yaqqol dalili bo‘ldi.
    Prezident farmonidagi yana bir muhim jihat shuki, endilikda advokat o‘z professional faoliyatini amalga oshirishi uchun, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasiga qat’iy rioya etgan holda, sud binosiga kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini moneliksiz olib kirish huquqiga ega. (Yopiq sud majlislari bundan mustasno va qayd etilgan qurilmalardan sud binosi ichkarisida foydalanish sud jarayonini o‘tkazish tartibini buzmasligi kerak).
    Advokatning zamonaviy imkoniyatlardan sud jarayonida erkin foydalanishi dalillarni asoslash, isbotlashda yangi imkoniyatlar ochadi. Bu himoya huquqi kuchayishini ta’minlovchi muhim omillardan biriga aylanadi.
    Advokatlarning malakali yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan, davlat va boshqa organlardan hamda korxona, muassasa va tashkilotlardan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlar yoki ularning nusxalarini olish uchun so‘rovlari so‘rov qabul qilingan paytdan boshlab ko‘pi bilan o‘n besh kun muddatda bajarilishi shart. Davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bundan mustasno.
    Shu paytgacha advokatlarning turli tashkilotlarga yo‘llayotgan so‘rovlari ko‘p hollarda, eng avvalo, davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan e’tiborsiz qoldirilayotgani yangi tartibning ahamiyati nechog‘li katta ekanini anglatadi. Qolaversa, advokat so‘rovini ko‘rib chiqishning aniq tartibi va muddatlari, bilaturib yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborotni taqdim etganlik uchun javobgarlik belgilanmagani ham advokatning faoliyatiga soya solib kelgan.
    Alohida qayd etish kerakki, 2018-yil 1-iyuldan boshlab advokat nizolarni sudgacha hal qilish, tomonlarni yarashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, hakamlik sudyasi sifatida faoliyat yuritish huquqiga ega bo‘ladi. Advokat tomonlardan birining vakili bo‘lgan holatlar bundan mustasno, albatta.
    Avval advokatda bunday huquq bo‘lmagani, yarashuv uchun faqat tomonlardan biri sudga murojaat qilishi mumkinligi, advokatni yarashuv insitutida ishtirok etishini cheklagan. Shu bilan birga, advokat qarshi tomon bilan muloqotga kirishishi qonun bilan taqiqlangan. Bu esa, tabiiyki, tomonlarni yarashtirish bo‘yicha advokat hatto harakat ham qila olmaganini anglatadi.
    Endilikda bunday yangi imkoniyatlar, advokat so‘roviga mansabdor shaxslarning jiddiy yondashishi talab etilishi himoyaga oid dalillar sifati oshishiga, himoya huquqi kuchayishiga yo‘l ochadi. Advokatning tomonlarni yarashtirish choralarini ko‘rishi esa ularning manfaatlarini ta’minlab qolmasdan, sudlarda ishlarining keskin kamayishiga olib kelishishiga aslo shubha yo‘q.
    Farmon asosida advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun advokatlik tuzilmasida majburiy stajirovka o‘tash muddati olti oydan uch oyga qisqartiriladigan bo‘ldi. Bunda davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlari va sudya, tergovchi yoki prokuror lavozimida kamida uch yil faoliyat yuritgan shaxslar majburiy stajirovkadan ozod etiladi.
    Litsenziyani tugatish uchun asos bo‘ladigan advokat tomonidan uzrli sabablarsiz o‘z kasb majburiyatlarini bajarmaslik muddati amaldagi uch oydan olti oyga uzaytirildi.
    Advokat maqomini olish bo‘yicha malaka imtihonini takroran topshirish muddati bir yildan olti oygacha qisqartirilmoqda.
    Advokat so‘roviga ko‘ra ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etmaslik, yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etganlikda aybdor mansabdor shaxslar advokatning sudga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaatiga asosan belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
    Bu imkoniyatlar ham soha vakillarining erkin faoliyat yuritishiga, yurist kadrlarning advokatlik bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ishtiyoqi oshishiga xizmat qiladi.
    Advokatlar palatasi vakilining qayd etishicha, bu jarayonda palata o‘ziga xos o‘rin tutib, advokatlarning manfaatlari ta’minlanishi, ular uchun barcha zarur shart-sharoitlar ta’minlanishiga oid amaliy ishlarni boshlagan.
    Ayni paytda faoliyat yuritayotgan 1,6 ming advokatlik tuzilmasini, ularda xizmat qilayotgan 4 mingga yaqin advokatlarning huquqlarini himoya qilish, ularning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida qonuniy manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘radi.
    Advokatlar malaka darajalarining ta’sis etilishi soha xodimlarini o‘z kasbini sidqidildan ado etishga, sifatli yuridik xizmat ko‘rsatishga rag‘batlantiradi.
    Bularning barchasi jamiyatimizda advokaturaning roli va o‘rni mustahkamlanishiga zamin yaratadi. Advokatlik tuzilmalari va advokatlar tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul ixtiyoriy yuridik yordam ko‘rsatishni rivojlantirish mexanizmi yaratilishi esa barchaning himoya huquqidan bahramand bo‘lishini ta’minlaydi.
    Bir so‘z bilan aytganda, endilikda himoya huquqi faqat qog‘ozda emas, amalda ta’minlanadi. Buning uchun barcha sharoit yaratilishi bilan birga, soha vakillari zimmasiga yuksak mas’uliyat ham yuklandi.

    26.05.2018, 10:18   Izoh (0)   15043
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ozarbayjon prezidenti sudlangan O‘zbekiston fuqarosini afv etdi

    26.05.2018, 09:48

    O‘zbekistonda 2018-yil 1-iyuldan boshlab tomorqachilarga pensiya beriladi

    26.05.2018, 09:34

    O‘zbekistonda bolalarni sog‘lomlashtirishga 65 milliard so‘m yo‘naltiriladi

    26.05.2018, 09:09

    O‘zbekistonda “Yandeks.Taksi”ning 26 ta noqonuniy avtomobili jarima maydoniga yuborildi

    26.05.2018, 09:00

    Sahobalardan go‘zal bir ibrat

    26.05.2018, 08:44

    Tojikistonlik jurnalistga “Oltin qalam” xalqaro tanlovining diplomi topshirildi

    26.05.2018, 07:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Millatlar Ligasi. Ronaldu va Portugaliya finalda Ispaniyani mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi (video)

    Sport | 9 iyun, 08:02

    Amerika aviakompaniyalari samolyotlarda Starlink xizmatini o‘chira boshladi

    Dunyo | 8 iyun, 23:55

    AQSH va Xitoy savdo bojlari borasida Londonda uchrashuv o‘tkazadi

    Dunyo | 8 iyun, 23:05

    Fransiya Germaniyani mag‘lub etib Millatlar Ligasi bronza medalini qo‘lga kiritdi

    Sport | 8 iyun, 22:38

    Fransiyada elektroskuter sabab yuzaga kelgan yong‘inda 4 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 8 iyun, 22:10

    Toshkent markazida “Salom, Mundial” supershousi bo‘lib o‘tadi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 21:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.