O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 2018—2019-yillarda zamonaviy kinoteatrlar tarmog‘ini barpo etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi, deya xabar berdi “Gazeta.uz” Adliya vazirligi matbuot xizmatiga tayanib.
Hujjatga muvofiq, kelgusi ikki yilda respublikada 49 ta — 25 ta bir qavatli, 12 ta ikki qavatli va 12 ta yozgi kinoteatr quriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax viloyati va Toshkentda — ikkitadan, Andijon viloyatida — oltita, Buxoro va Xorazm viloyatlarida — beshtadan, Qashqadaryo, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida — to‘rttadan, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida — uchtadan kinoteatrlar paydo bo‘ladi.
Ushbu kinoteatrlar namunaviy loyihalar asosida qurilib, ularda zarur infratuzilma obyektlari (avtotransportni vaqtincha saqlash joylari, kuzatish kameralari va yong‘in xavfsizligi tizimi) joylashtiriladi.
Shuning, ularda zamonaviy va retro filmlar uchun ikkitadan zal hamda yozgi kinoteatrlar bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)