Joriy yilning 23-may kuni Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud. Bu haqda FVV axborot xizmati ma’lum qildi.
Ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutiladi, ayrim joylarida yomg‘ir kuchli yog‘ishi va momoqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Tog‘’ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholidan ehtiyot choralarini ko‘rish, noxush holatlar vujudga kelganida FVVning “Tezkor raqam”iga (+99871 147-10-50) murojaat etish co‘ralgan.
Izoh (0)