O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev AKT sohasidagi proteksionizm (tanish-bilishchilik, faqat ayrimlarga yordam berish)ga chek qo‘ymoqchi. Bu haqda u Toshkentdagi #MITCROADMAP2018 konferensiyasida aytib o‘tdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Sohaning shaffoflik darajasi borasidagi mish-mishlar, shu jumladan, davlat xaridlari haqida gapirar ekan, u bozorga kirish istagida bo‘lgan, ammo “to‘siqlar, proteksionizm, bir qator mamlakatlarning muayyan kompaniyalariga yon bosishlar” tufayli, buni qanday amalga oshirishni bilmayotgan xorijiy kompaniya bilan muzokaralar haqida so‘zlab berdi.
“Men ularning bozorga kirishi, bizning sohamizda faoliyat yuritishi mumkin bo‘lgan muayyan kompaniyalar, shaxslar toifasi borligi haqidagi tushunchaning yo‘qolishi men uchun prinsipial masala, deb javob berdim. Bunaqasi bo‘lmaydi. Bizning faoliyatimiz, shu jumladan investitsiyalar maksimal darajada shaffof bo‘ladi va nazorat qilinadi. Bizga bu yo‘nalishda Loyiha boshqaruvi milliy agentligi yordam beradi”, — dedi u.
Vazir, shuningdek, “O‘zbektelekom” monopoliyasi mavzusiga to‘xtaldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vazirlik tez orada bu sohani liberallashtirishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)