Afg‘oniston markazida “Tolibon” radikal guruhi jangarilari bilan to‘qnashuvlarda 20 ga yaqin politsiyachi halok bo‘ldi. Ular orasida G‘azni viloyatidagi tumanlardan birining politsiyasi boshlig‘i ham bor, deb xabar beradi “Interfaks”.
Aytilishicha, o‘tgan kecha jangarilar Jag‘atu, Dehi Yak, Ajriston, Giro tumanlari, shuningdek, G‘azni shahrida hukumat qo‘shinlari marralariga bir vaqtning o‘zida hujum qilgan.
Dehi Yak tumani politsiya bo‘limi boshlig‘i Fayz Muhammad To‘fon va tez ta’sir otryadi komandiri Hoji Barakat 20 ga yaqin qurbonlar orasida, deb ma’lum qildi viloyat kengashi a’zosi Nosir Ahmad Faqiriy.
Izoh (0)