Rossiyalik milliarder, “Chelsi” futbol jamoasi egasi Roman Abramovichga Buyuk Britaniya hududida yashash huquqini beradigan viza uzaytirilmadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Aytilishicha, viza muddati bir necha hafta muqaddam tugagan, ammo yangisi haligacha berilmagan. Ayni paytda, boshqa manbalarga ko‘ra, biznesmenga rad javobi berilmagan, rasmiylar uning hujjatlarini ko‘rib chiqishda davom etmoqda.
Hozircha biror tomon bu borada rasmiy izoh bermadi.
Izoh (0)