Angliya premyer ligasida muxlislar va mutaxassislar tanloviga ko‘ra, “Sautgempton” yarim himoyachisi Sofian Bufal tomonidan urilgan gol 2017/18-yilgi mavsumdagi eng chiroylisi deb e’tirof etildi. Bu haqda APLning Twitter’dagi sahisida xabar berildi.
24 yoshli marokashlik Bufal 2017-yil 21-oktabrida “Vest Bromvich” darvozasini bir nechta raqiblarni aldab o‘tgan holda ishg‘ol etgan edi.
Ma’lumot uchun APLda mavsum to‘purarligi 32 ta gol urgan Muhammad Salohga nasib etdi. 30 ta gol urgan Harri Keyn esa to‘purarlar poygasida ikkinchi bo‘ldi.
Izoh (0)