Turkiya chempionatida mavsum yakunlandi. Chempionlik taqdiri so‘nggi 34-turda hal bo‘ldi, deb yozadi “Sports.ru”.
“Galatasaroy” 2017/18-yilgi mavsumning so‘nggi o‘yinida “Go‘ztepe”ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, Turkiya chempioni bo‘ldi. Ushbu muvaffaqiyat Istanbul jamoasi uchun klub tarixidagi 21-chempionlik bo‘ldi.
“Galatasaray” mavsumni 75 ochko bilan birinchi o‘rinda, “Fenerbaxche” esa 72 ochko bilan ikkinchi o‘rinda yakunladi.
Mavsum to‘purarligi esa 33 ta o‘yinda 29 ta gol urgan “Galatasaroy” hujumchisi Bafetimbi Gomisga nasib etdi.
Izoh (0)