O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Senati raisi o‘rinbosari, moliya bo‘yicha qo‘mitasi raisi Orrin Xetch boshchiligidagi senatorlar bilan muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Respublikachilar partiyasi a’zosi bo‘lgan Orrin Xetch chuqur bilim va katta tajribaga ega siyosatchi. U 1977-yildan beri senator sifatida hurmat qozongan.
Bu inson bilan muloqot fayzli va samarali bo‘ldi. Mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish yuzasidan fikr almashildi, deyiladi xabarda.
Izoh (0)