Filippindagi San-Antonio shahri yaqinida joylashgan qirg‘oqdan noma’lum “tukdor dengiz maxluqi” topildi. G‘ayrioddiy topilma haqida The Independent nashri ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Badbo‘y hid taratuvchi olti metrli “maxluq” sochga o‘xshagan tuklar bilan qoplangan. Uni mahalliy aholi aniqlagan. “Maxluq” taratayotgan hid hatto undan namuna olish uchun kelgan mutaxassislarga juda yoqimsiz tuyulgan.
Tadqiqotchilarning taxminlariga ko‘ra, mazkur dengiz jonzoti kitsimonlar oilasiga kirishi mumkin, biroq tahlil natijalari chiqmaguncha aniq biror nima deyish qiyin.
Mahalliy aholining fikricha, ushbu jonzotning paydo bo‘lishi zilzila yaqinlashayotganidan darak beradi.
Izoh (0)