Poyezd yo‘lidan o‘tish qoidasining buzilishi haydovchining o‘limiga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida 16-may kuni Xalqobod qishlog‘ida yashagan Sh.X. boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinasini Batosh qishlog‘idan o‘tuvchi “G‘uzor — Qamashi” temir yo‘lining qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasidan o‘tayotganida shu yerda harakatlanib kelayotgan elektrovoz bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Hodisa oqibatida avtomashina haydovchisi Sh.X. jarohat olib kasalxonaga keltirilganida vafot etgan.
Izoh (0)