Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2018-yil 3-maydagi “Toshkent shahridagi ba’zi geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi 309/36-5-sonli qaroriga muvofiq, ayrim ko‘cha va bekatlar nomlari o‘zgardi. Bu haqda “Xabar.uz” xabar bermoqda.
Shahardagi Baynalmilal ko‘chasi Seul ko‘chasi deb qayta nomlandi. Shuningdek, avval xabar berilganidek, “Bunyodkor” metro bekati “Xalqlar do‘stligi”, “Baynalmilal ko‘chasi” bekati esa “Seul ko‘chasi” bekati nomiga o‘zgartirildi.
Izoh (0)